Sibirliklar chakandani yaxshi ko'radilar: undan mazali murabbo va mazali marmelad tayyorlashadi, muzlatib qo'yishadi, kisel va kompotlar qaynatishadi. Va bu faqat buta Sibirdagi keng tarqalganligi uchun emas: ular bu rezavorlar o'zida sog'liq va yoshlik sirlarini mujassam etganini bilishadi, har bir donasi esa o'zida butun bir vitamin-mineral majmuasidir. Aynan boy "ichki tarkibi" tufayli chakanda tibbiyot va kosmetologiyada keng qo'llanadi, shuningdek u noyob biologik faol qo'shimchalar, siroplar, drajeler, tish pastalari va asal pastalari tarkibiga ham kiritiladi.
Chakanda – har qanday darddan himoya
O'simlikning shifobaxsh xususiyatlarini qadimdayoq tibet tabiblari kashf etgan bo'lib, ular uning barcha qismlarini: ildizidan tortib kurtaklari va gullarigacha turli dardlarga davo sifatida qo'llagan. Bugun e'tibor markazida – uning mevalari. Har bir rezavor meva tarkibida taxminan 200 ga yaqin turli fitokimyoviy modda mavjud: bu yerda omega kislotalarning to'liq majmuasi (YTYK – omega-3, -6, -9 va hatto -7), turli kasalliklarning oldini olish va davolash uchun zarur bo'lgan 10 ta vitamin, shuningdek, kaliy, magniy, temir, kalsiy, fosfor kabi 24 ta muhim mikroelement hamda organizmdagi ko'plab biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etib, antioksidant ta'sir ko'rsatuvchi qimmatbaho flavonoidlar mavjud.
Ko'pchilik uchun Sibir chakandasi, avvalo, shamollash va grippga qarshi vosita sifatida tanilgan, ammo uning foydali xususiyatlari bundan ancha keng:
– yallig'lanishga qarshi va antibakterial xususiyatlarga ega, turli yaralar, kuyishlar va jarohatlarning bitishini tezlashtiradi, bo'g'imlar uchun foydali;
– qoplovchi ta'sir ko'rsatadi, shu sababli oshqozon-ichak kasalliklarida foydali (ammo kislotalilik yuqori bo'lsa, mevalarni me'yorida iste'mol qilish tavsiya etiladi);
– yurak-qon tomir tizimi salomatligini yaxshilaydi, chunki u xolesterin va qon bosimini pasaytiradi;
– C vitamini juda ko'p miqdorda bo'lgani sabab immun tizimi faoliyatini faollashtiradi, foydali yog'lar va karotinoidlar esa jigar hujayralarini ishonchli himoya qiladi;
– serotonin – "quvonch gormoni"ning katta miqdorini o'z ichiga oladi, bu esa organizmning turli funksiyalariga va ruhiy holatimizga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Chakandani sevib qolish va uni ratsionga qo'shish uchun sabablar juda ko'p – ustiga ustak, go'zallik borasida ham unga teng keladigani kam.
Yoshlik va uzoq umr ko'rishning oltin kaliti
Chakanda yog'i – ajinlarga qarshi kurashishga qaror qilganlar uchun haqiqiy topilma. Terining elastikligini saqlash va qarish belgilarining oldini olish uchun uni muntazam ravishda antioksidantlar va vitaminlar bilan oziqlantirib turish zarur, bularni bari esa chakanda yog'ida jamlangan. Chakanda mevalaridan yog' olinadi (ular urug'lar bilan birga qayta ishlanadi), eng yaxshisi esa sovuq siqish usuli bilan olingan yog' hisoblanadi.
Tabiiy yoshlik eliksiri qanday ishlaydi:
1. Chakanda yog'i tarkibida polifenollar mavjud bo'lib, ular aylanib yuruvchi ildiz hujayralar sonini oshiradi, natijada to'qimalarning tiklanish jarayonlari tezroq va yallig'lanishsiz kechadi.
2. Chakanda yog'i biologik o'zlashtiriladigan beta-karotinning eng boy manbalaridan biri hisoblanadi: bu antioksidant teri hujayralarini erta qarishdan himoya qilib, uni ichkaridan oziqlantiradi.
3. B guruhi vitaminlari moddalar almashinuvini me'yorlashtiradi, C vitamini esa yuqori miqdorda bo'lgani uchun kollagen ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi, natijada teri yanada tarang, sog'lom va elastik bo'ladi.
Sibirda tashkil topgan kompaniya sifatida Siberian Wellness o'z yurtining mo'jizaviy mevasi – chakandaga va uning foydali xususiyatlariga alohida hurmat bilan qaraydi, shu bois u go'zallik va sog'liq uchun mo'ljallangan bir nechta mahsulotlar tarkibiga kiritilgan:
– Keng ta'sir doirasiga ega "Koren" balzami – chakanda yog'i
– Siberian Wellness. Boy o'simlik tarkibli "Sibir propolisi" tish pastasi, 100 ml – chakanda yog'i
– "Tabiiy beta-karotin va chakanda" – Essential Fatty Acids