Balzamning koʻp boʻlmagan miqdorini teriga surtilsin va yengil uqalovchi harakatlar bilan taqsimlansin. Faqat tashqi qoʻllash uchun!
Bitta balzam – koʻpgina yechimlar!
SHAMOLLASH VA OʻRVI
• Nafas olishni yengillashtirish uchun burunning qanotchalari moylanadi.
• Shamollashning birinchi simptomlari paydo boʻlganida 2 l issiq suvga 20-30 tomchi balzamdan qoʻshing va 10-15 minut davomida oyoqlaringizni qizdiring. Terini quruq qilib arting va issiq paypoq kiyib oling.
• Yuqori haroratda balzamni koʻkrak qafasiga va orqaga beldan boshlab yuqoriga surting, koʻrpaga oʻranib oling. Kuniga 2-3 marta takrorlang.
• Yoʻtalda va tomoqdagi ogʻriqda balzamni koʻkrak qafasi sohasiga uqalovchi harakatlar bilan surting. Kuniga 2-3 marta takrorlang.
MUSHAKLAR VA BOʻGʻIMLAR
• Jadal mashgʻulotdan soʻng "mushaklarning ortiqcha mashgʻuloti" samarasini olish uchun tanaga balzamni ishqalab surting.
• Beldagi, boʻyindagi yoki boʻgʻimlardagi noqulaylikda balzamni tanaga uqalovchi harakatlar bilan surting.
QOʻLLASHNING BOSHQA USULLARI
• Teridagi qoʻzgʻalishda, shilinishlarda, kesilishlarda, chuqur boʻlmagan jarohatlarda va hasharotlarning chaqishida balzamni kuniga 5-7 marta qoʻllang.
• Bosh ogʻrigʻida va ortiqcha yuklamani his qilishda terini yengil uqalab, chakka sohasiga balzamni surting. Zarurat mavjud bo‘lishi bo‘yicha qo‘llang.
• Ortiqcha sovib ketganda balzamni qoʻllash bilan qoʻl panjalarini va tovonlarni ishqalab yuboring.
Qoʻllashdan avval kosmetik vositani tirsak bukilishida sinovdan oʻtkazishni tavsiya qilamiz – teri reaksiyalarning ehtimolli paydo boʻlishi vosita tarkibiga kiruvchi komponentlarni shaxsiy koʻtaraolmaslik bilan ifodalangan.
Faol komponentlar: oqqaragʻay sanavbar yelimi, oqqaragʻay moyi, evkalipt moyi, kamfora, chakanda moyi, qizilpoycha ekstrakti, chaga ekstrakti, qulmoq ekstrakti, badana ekstrakti, eman poʻstlogʻi ekstrakti, qichitqioʻt ekstrakti, yerchoy ekstrakti, oqqaldirmoq ekstrakti, piongul ekstrakti, tuyayoʻngʻichqa ekstrakti, oyboltirgʻon ekstrakti, dala sariqbosh ekstrakti, toshchoʻp ekstrakti.
(INCI) aqua (water), abies sibirica (siberian fir) oil, camphor, glycerine, ammonium acryloyldimethyltaurate/VP сopolymer**, abies sibirica (fir) turpentine, benzyl alcohol**, xanthan gum, glyceryl laurate, hippóphae rhamnoídes (sea-buckthorn) fruit oil, eucalyptus globulus (eucalyptus) leaf oil, hypericum perforatum (saint john`s wort) extract, sucrose laurate, inonotus obliquus (birch polypore) extract, humulus lupulus (hop) extract, bergenia crassifolia (bergenia) extract, quercus robur (oak) bark extract, urtica dioica (nettle) leaf extract, dasiphora fruticosa (tormentil) extract, tussilago farfara (coltsfoot) leaf extract, paeonia lactiflora (peony) root extract, melilotus officinalis (clover) extract, angelica sinensis (angelica) root extract, salsola collina (tumbleweed) extract, thymus serpyllum (thyme) extract.
** Notabiiy kelib chiqqan komponentlar.
Sharhlar moderatsiya(teksirish)dan so'ng nashr etiladi, shuning uchun ular darhol saytda ko'rinmaydi.