personal
Haqiqiy Sibir bilan bizning blogimizda tanishing!
Oltoy, Baykal va Yakutiyaning cheksiz kengliklari bo‘ylab ajabtovur sayohatga yo‘l oling. Sibirning o‘ziga xos tabiati bilan tanishing va uning sirli tarix olamiga kirib boring!
30
yanvar

Sibir ne’matlari: qashqarbeda

Tabiat in'om etgan o'simlik insonning jismoniy va ruhiy quvvatini mustahkamlash manbai bo'lib xizmat qilishi haqidagi bob...

Siz bilan bepoyon Sibirimiz bo'ylab sayr qilishda, uning giyohlari va o'simliklari bilan tanishishda davom etamiz. Bugun qashqarbeda haqida gaplashamiz. Yozda quyosh nurining parchalaridek tillarang gullarini ochib, ko'zlarni, dillarni o'ziga tortadi. Ammo qashqarbeda nafaqat o'tloqlarning bezagi: u asalarilar ham, giyohlar bilan davolash bilimdonlari ham qadrlaydigan ko'plab shifobaxsh xususiyatlarga ega.

Qashqarbeda quyosh bilan bog'liqligi haqida bir nechta afsonalar mavjud. Qadimda uy yonida o'sgan qashqarbeda oilaga iliqlik, boylik va baxt keltiradi, deb hisoblangan.

Tabiatning jonli oltini

Qashqarbeda (lot. Melilótus) – dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo'yi 1–1,5 m gacha yetadigan, ildizi shoxlangan o'tli o'simlik. Qashqarbeda barglari juft patsimon, mayda bargchali, poyasi esa tik o'suvchi va shoxlangan. Gullari mayda, uzun va ingichka ko'p gulli siyrak bandlarga to'plangan, sarg'ish yoki oq rangda osilib turadi. O'simlik quyoshli joylarni va nam tuproqlarni afzal ko'radi va yo'l bo'ylarida, yalangliklarda, konlarda o'sadi.

Sibirda qashqarbeda o'simligining ikki turi – oq va dorivor turlari tarqalgan. Oq qashqarbeda yumshoq hidi va oq rangli yirik gullari bilan ajralib turadi – qishloq xo'jaligida ham, tibbiyotda ham ishlatiladi. Dorivor qashqarbeda to'yingan hidli sariq gullarga ega bo'lib, turli xil kasalliklarni davolashda faol qo'llaniladi.

Qashqarbedaning lotincha nomi Melilótus, uni "asalli ozuqa o'ti" deb tarjima qilish mumkin. Haqiqatan, qashqarbeda – eng mashhur asal beruvchi o'simliklardan biri. U yetarlicha uzoq vaqt (2 oygacha) gullagani va o'rilgandan so'ng yana gullashi mumkinligi uchun asalarilar uni juda qadrlashadi. Asalarichilarning aytishicha, bir gektar qashqarbeda o'sgan yerdan 300 kg gacha ajoyib asal olish mumkin ekan! Rangiga ko'ra ham farq qiladi: dorivor turi och qahrabo rangli, deyarli shaffof asal beradi, oq rangli qashqarbedadan esa oq rangdagi asal olinadi. O'simlik yem-xashak ekini sifatida ham, tuproqni boyitish uchun ham ishlatiladi: ildizlarida joylashgan mayda tugunakchalar tarkibida azot to'plovchi bakteriyalar bo'lib, tuproqni hayotiy muhim azot bilan boyitadi.

Ruschadagi "donnik" nomi "donnaya" (podagra kasalligining qadimgi nomi) so'zidan kelib chiqqan bo'lib, o'simlikning dorivor xususiyatlarini ko'rsatadi.

O'tloq tabibi: qashqarbedaning sirli kuchlari

Qashqarbeda o'simligining shifobaxsh xususiyatlari haqida qadimgi Yunonistonda ham yozilgan, hozirgi vaqtda o'simlikning foydali xususiyatlari ilmiy tibbiyotda ham e'tirof etilgan. Dorivor qashqarbeda yig'malari qaynatmalar, damlamalar, ekstraktlar, choylar tayyorlash uchun ishlatiladi va yurak-qon tomir, nafas olish, endokrin, siydik-tanosil tizimi va oshqozon-ichak trakti kasalliklarida qo'llaniladi.

Qashqarbeda o'simligining asosiy faol moddasi – kumarin. Uning asosiy xususiyati qonning oquvchanligini saqlash va tromb hosil bo'lishining oldini olishdir, bu esa mikrosirkulyatsiya va to'qimalarning oziqlanishini sezilarli darajada yaxshilaydi. Shuningdek, u yurak-qon tomir tizimi uchun foydali bo'lgan koronar kengaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, u yallig'lanishga qarshi, spazmolitik va antibakterial samarali vositadir.

Ushbu tarkib tufayli qashqarbeda asab va yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, qon bosimini normallashtiradi, miyaning qon bilan ta'minlanishini rag'batlantiradi, xotirani yaxshilaydi, diqqatni jamlashni oshiradi, yallig'lanish belgilarini kamaytiradi. Qashqarbeda bargi va guli tarkibida oshlovchi moddalar, simarin glikozidi, kumar kislota, dikumarol, melilotin, xolin, allantoin, C, E vitaminlari, karotin, efir moyi, shilliq moddalar bor.

Bugungi kunda qashqarbeda turli kasalliklarda qo'llaniladi:

  • uyqusizlikda tinchlantiruvchi vosita sifatida;
  • migren, yurak ishemik kasalligi va aterosklerozda spazmolitik vosita sifatida;
  • nafas olish organlarining yallig'lanish kasalliklarida;
  • bo'g'im va mushaklardagi og'riqlarda;
  • venalarning varikoz kengayishida;
  • teri va yumshoq to'qimalarning yallig'lanish jarayonlarida.

Sibirning ko'plab o'simliklari singari, oq qashqarbeda ekstraktini sevimli mahsulot – keng qo'llaniladigan afsonaviy "Koren" ("Ildiz") balzami tarkibida uchratish mumkin.

Tarkibida faol o'simlik komponentlarining konsentrlangan majmuasi bo'lgan balzam noqulaylikni kamaytirishga yordam beradi, spazm va mushaklarning haddan tashqari zo'riqishini kamaytiradi, jismoniy zo'riqishdan keyin charchoqni yengillashtirishga yordam beradi, yaqqol yallig'lanishga qarshi xususiyatga ega.

Ajoyib qashqarbeda shunchalik ko'p foydali xususiyatlarga ega ekanligini bilarmidingiz?

[}item{]