Ommaviy oferta

    Do'kon ommaviy ofertasi https://uz.siberianhealth.com tovarlarni sotish to'g'risida

  1. Atamalar va tushuntirishlar

    Mazkur ofertada, agar kontekst boshqani talab etmasa, quyidagi ko'rsatilgan atamalar quyidagi ma'nolarga ega va uning ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi:

    Sotuvchi - "SIBIRSKOE ZDOROV'E" MChJ XK (O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Nukus ko'chasi, 29, "Kapitalbank" ATB TShF dagi h / r 20214000604816969001 , bank MFO kodi 00445, XXTUT 71121).

    Sotuvchi - mazkur oferta shartlarida ommaviy ofertani aktsept qilgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs.

    Sayt - "SIBIRSKOE ZDOROV'E" MChJ XK ning uz.siberianhealth.com manzili bo'yicha joylashgan rasmiy sayt.
    Ushbu shartnoma doirasida Sayt, Do'kon, hamda  uz.siberianhealth.com manzili va  https://uz.siberianhealth.com ning hosilalari teng kuchli hisoblanadi va oferta kontekstiga ko'ra bir hil talqin etiladi.

    Tovar - tomonlarning kelishuvi ob'ekti, "SIBIRSKOE ZDOROV'E" MChJ XK rasmiy Do'konida taqdim etilgan assortimentning nomlari ro'yxati.

  2. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu ommaviy oferta (keyinchalik – Shartnoma) "SIBIRSKOE ZDOROV'E" MChJ XK ning mazkur ofertada tushuntirilgan shartlar asosida Tovar oldi-sotdi shartnomasini huquqiy imkoniyati va lozim vakolati bo'lgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga nisbatan "SIBIRSKOE ZDOROV'E" MChJ XK ning rasmiy taklifi hisoblanadi.
    2. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlar O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasining boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
  3. Shartnoma predmeti va tovar narxi
    1. Ushbu shartnomada ko'rsatilgan shartlar asosida Sotuvchi tovarlarni topshiradi, Xaridor esa qabul qiladi va to'lovni amalga oshiradi. Buyurtma qilingan tovarlarga egalik huquqi amalda tovarni Xaridorga topshirish va tovarlarning to'liq qiymatini to'lanilgan paytidan boshlab Xaridorga o'tadi. Tovarlarning tasodifiy yo'qotilishi yoki unga zarar yetkazish xavfi tovarni Xaridorga amalda topshirilish paytidan boshlab Xaridorga o'tadi. Tovar va kassa chekini olish orqali Xaridor tovarning qabul qilinishini tasdiqlaydi.
    2. Tovarlarning narxi bir tomonlama nizosiz belgilanadi va quyidagi manzil bo'yicha Do'kon sahifalarida ko'rsatiladi: uz.siberianhealth.com.
    3. Tovarlarning narxi O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so'mda ko'rsatiladi. Bundan tashqari, narxlar shartli birliklarda va/yoki chet el valyutasida ko'rsatilishi mumkin, bu holda tovarlar xalqaro bank kartochkalari va boshqalar orqali chet el valyutasida to'lanadi.
    4. Muayyan tovar uchun Shartnoma tuzish taklifi tovarni uz.siberianhealth.com da mavjud bo'lish muddati davomida amal qiladi.
    5. Monitorlarning turli texnik xususiyatlari bilan bog'liq holda, tovar rangi uz.siberianhealth.com da ko'rsatilganlaridan farq qilishi mumkin.
    6. Tovar ko'rinishi uz.siberianhealth.com da ta'riflanganlaridan farq qilishi mumkin.
    7. Xaridorning iltimosiga ko'ra uz.siberianhealth.com menejeri tovarni sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish uchun Xaridor nuqtai nazaridan zarur va yetarli ma'lumotni taqdim etishi (telefon, elektron pochta yoki boshqa elektron aloqa usullari orqali) shart.
  4. Sahrtnoma tuzish payti
    1. Mazkur Shartnomaning matni ommaviy oferta (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-qismi va 426-moddasiga muvofiq) hisoblanadi.
    2. Mazkur ofertani Xaridor tomonidan aktsept qilinishi asosida tuzilgan Shartnoma, Xaridor hech qanday istisno va/yoki shartlarsiz qo'shilish shartnomasi hisoblanadi.
    3. Xaridor tomonidan buyurtmani rasmiylashtirish amalda Xaridor tomonidan ushbu Shartnoma shartlarini hech qanday shartlarsiz qabul qilinishi hisoblanadi. Sotuvchining Do'konida tovarni sotib olgan Xaridor (tovar buyurtmasini rasmiylashtirgan) Sotuvchi bilan ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq munosabatda bo'lgan shaxs sifatida qaraladi.
  5. Tomonlarning huquqi va majburiyatlari
    1. Sotuvchi quyidagilarni o'z zimmasiga oladi:
      1. Ushbu Shartnoma tuzilgan paytdan boshlab mazkur Shartnoma shartlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Xaridor oldidagi barcha majburiyatlarni to'liq ta'minlash. Sotuvchi ushbu Shartnomaning 9-bandida ko'rsatilgan yengib bo'lmas kuch holatlari bo'lgan taqdirda Shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarmaslik huquqini o'zida saqlab qoladi.
      2. Xaridorning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash va ularning maxfiyligini amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta'minlash.
    2. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:
      1. Ushbu Shartnomani, tovar narxini va tegishli xizmatlar tariflarini, tovarlarni bir tomonlama tartibda to'lash va yetkazib berish usullari va muddatlarini, ularni uz.siberianhealth.com da joylashtirish orqali o'zgartirish.
        Barcha o'zgarishlar ommaga chiqarilganidan so'ng darhol kuchga kiradi va bunday ommaga chiqarilganidan boshlab xaridorning e'tiboriga etkazilgan deb hisoblanadi.
      2. Telefon orqali muzokaralar yozuvlarini amalga oshirish va xaridor bilan elektron yozishmalarni saqlash. Sotuvchi quyidagilarni o'z zimmasiga oladi: axborotga ruxsatsiz kirishga urinishlarning oldini olish va/yoki buyurtmalarni bajarish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan shaxslarga taqdim etish; bunday hodisalarni o'z vaqtida aniqlash va to'htatish.
      3. Xaridor bilan kelishmasdan Shartnomani uchinchi shaxslarga bajarish uchun o'z huquq va majburiyatlarini topshirish.
    3. Xaridor quyidagilarni o'z zimmasiga oladi:
      1. Shartnoma tuzilgunga qadar Shartnomaning mazmuni va shartlari, Do'konda Sotuvchi tomonidan taqdim etiladigan tovarlar narxi, shuningdek boshqa shartlar bilan uz.siberianhealth.com da tanishib chiqish.
      2. Sotuvchi Xaridor oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun, Xaridor uni xaridor sifatida aniq belgilaydigan va tovarni yetkazib berish sharti bilan buyurtmachiga yetkazib berish uchun yetarli bo'lgan barcha kerakli ma'lumotlarni taqdim etishi kerak.
      3. Buyurtma qilingan tovarlarni to'lash va uni ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq etkazib berish.
      4. Buyurtmani rasmiylashtirishda nizolarni bartaraf etish uchun Sotuvchi tomonidan saytda taqdim etilgan ma'lumotlar bilan tanishib chiqish.
  6. Tovarlarni qaytarish va almashtirish shartlari
    1. Tegishli sifatl darajasidagi mahsulotlar
      1. Xaridor buyurtma qilingan kamchiliklari mavjud tovarni sababini tushuntirmasdan, har qanday vaqtda: uni olishdan oldin, shuningdek, olinganidan keyin 7 kun ichida rad etish huquqiga ega. Agar tovarning ko'rinishi(qadog'i, muhrlari, yorliqlari), iste'mol xususiyatlari, shuningdek, ushbu tovarni amalda sotib olinganligi va shartlarini tasdiqlovchi hujjat (tovar yoki kassa cheki) saqlangan bo'lsa, tovarni qaytarib olish yoki almashtirish mumkin.
      2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi chakana savdo qoidalarining 1-sonli ro'yxat bo'yicha tegishli sifatli tovarlar (uy sharoitida kasalliklarning oldini olish va davolash uchun tovarlar, tish cho'tkalari, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari) qaytarishga berilmaydi.
      3. Tovarlarni qaytarib berish Sotuvchining yetkazib berish xizmati orqali amalga oshiriladi. Buning uchun quyidagilar kerak:
        - Saytda ko'rsatilgan "Kontaktlar" bo'limida ko'rsatilgan telefon raqamlari yoki infouz@sibval.com elektron manzili orqali qaytarib berish to'g'risida xabar berish;
        - qaytarib berish to'g'risida arizani chop etish va to'ldirish;
        - qaytarib berish arizasiga buyurtmaning tovar yoki kassa chekini ilova qilish.
    2. Tegishli sifatga ega bo'lmagan tovarlar
      1. Xaridor tegishli bo'lmagan sifatda bo'lgan tovarni qabul qilganda, agar kamchiliklar Sotuvchi tomonidan belgilanmagan bo'lsa, Sotuvchi o'z xohishiga ko'ra quyidagilarni talab qilish huquqiga ega:
        - shunday marka (model, artikul)dagi tovarga almashtirish;
        - boshqa marka (model, artikul) dagi shunday tovarning sotib olinish narxini qayta hisoblash yo'li orqali almashtirish;
        - sotib olinish narxining mutanosib pasaytirish;
        - tovarning kamchiliklarini darhol va bepul bartaraf etish;
        - tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun xarajatlarni qoplash.
      2. Процедура возврата товара ненадлежащего качества осуществляется в порядке, указанном в п. 7.1.2.
      3. Tegishli sifatga ega bo'lmagan tovarni qaytarib berish jarayoni 7.1.2.-bandda ko'rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
    3. Pul mablag'larini Xaridorga qaytarish
      1. Pul mablag'ini bank kartasiga qaytarish uchun Xaridor Sotuvchining talabiga binoan arizani to'ldirishi va Xaridor elektron manzili va pasport nusxasini ilova bilan birga quyidagi manzilga yuborishi kerak: infouz@sibval.com.. Pul mablag'larini qaytarish Sotuvchi tomonidan pul mablag'ini qaytarish to'g'risidagi ariza olingan kundan boshlab 10 (o'n) bank kuni mobaynida arizada ko'rsatilgan Xaridorning bank hisobiga amalga oshiriladi.
      2. Sotuvchining hisob raqamiga to'lov tizimlari orqal pul mablag'lari xato o'tkazilgan pul mablag/larini qaytarish uchun, Xaridor pasport nusxasi va xato o'tkazmani tasdiqlovchi chek/kvitansiyani yozma arizaga ilova qilgan holda murojaat qilishi kerak. Mazkur ariza quyidagi manzilga yuborilishi kerak: infouz@sibval.com. Pasport va cheklar/kvitansiyalarning nusxasi ilova qilingan yozma ariza olinganidan so'ng, Sotuvchi arizada ko'rsatgan hisob raqamga Xaridor tomonidan ariza olingan kundan boshlab 10 (o'n) ish kunigacha qaytarib beradi. Bunday holda, qaytarish qiymati buyurtma qiymatiga teng bo'ladi. Xaridor Saytning "Aloqalar" bo'limida ko'rsatilgan telefonlar yoki infouz@sibval.com elektron pochta manziliga yuborilgan xat orqali tug'ilgan barcha savollarni Sotuvchiga berishi mumkin.
      3. Arizani ko'rib chiqish va pul mablag'ini Xaridorga qaytarib berish muddati arizani Sotuvchi tomonidan qabul qilingan paytdan boshlab ish kuni bayram / dam olish kunlaridan tashqari ish kunlarida hisoblab chiqiladi. Agar ariza Sotuvchiga ish kuni soat 18:00 dan keyin yoki bayram/dam olish kuni kelgan bo'lsa, Kompaniya tomonidan arizani qabul qilish kuni keyingi ish kuni hisoblanadi. Xaridor Saytning "Aloqalar" bo'limida ko'rsatilgan telefonlar yoki infouz@sibval.com elektron pochta manziliga yuborilgan xat orqali tug'ilgan barcha savollarni Sotuvchiga berishi mumkin.
  7. To'lov usullari
    1. Xaridor to'lovni quyidagi usullar yordamida amalga oshirishi mumkin:
      - bank plastik kartalari yordamida (UZCARD/HUMO);
      - elektron to'lovlar yordamida (PayMe/Click)
      - naqd pul mablag'lari yordamida
  8. Fors-major
    1. Tomonlarning har biri ushbu Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini to'liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, agar mazkur bajarilmaslik tufayli ushbu Shartnoma imzolangandan keyin yuzaga kelgan yengib bo'lmas kuch hodisalari bilan bog'liq bo'lsa. Yengib bo'lmas kuch hodisalarini tomon tarafdan oldindan ko'ra bilish yoki oldini olish mumkin bo'lmagan favqulodda vaziyatlar yoki hodisalar degan ma'noni anglatadi. Bunday favqulodda hodisalar yoki holatlar, jumladan: ish tashlashlar, suv toshqini, yong'inlar, zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlar, urushlar, harbiy harakatlar, O'zbekiston Respublikasi davlat organlari yoki boshqa davlatlarning harakatlari, shuningdek har qanday tomonning ongli nazoratidan tashqaridagi boshqa holatlar. Tomonlarning har qanday holatda bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatadigan amaldagi qonun hujjatlari yoki normativ hujjatlarning o'zgarishi yengib bo'lmas kuchning holati sifatida qaralmaydi, biroq tomonlarning har biri ushbu Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishiga yo'l qo'ymaydigan o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda tomonlar ushbu Shartnoma bajarilishini ta'minlash maqsadida ushbu muammoni bartaraf etish bo'yicha ishlash tartibi to'g'risida darhol qaror qabul qilishlari shart.
  9. Tomonlarning javobgarligi
    1. Tomonlar ushbu Shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.
    2. Saytda joylashtirilgan barcha matnli ma'lumotlar va grafik tasvirlar qonuniy huquq egasiga ega. Ko'rsatilgan ma'lumot va tasvirlardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq ta'qib qilinadi.
  10. Boshqa shartlar
    1. Ushbu Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaslik yoki tegishli darajada bajarmaslik bilan bog'liq barcha nizolar tomonlarning muzokaralari chog'ida hal qilishga harakat qilinadi.
    2. Muzokaralar chog'ida kelishuvga erishish imkoni bo'lmagan hollarda nizolar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal etiladi.
    3. Shartnomada ko'rsatilgan qoidalar va shartlarni tushuntiruvchi Saytning bo'limlariga bo'lgan havolalar ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
    4. Ushbu Shartnomani aktsept qilib, Xaridor "SIBIRSKOE ZDOROV'E" MChJ XKga o'z shaxsiy ma'lumotlarini, shu jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sanasi, jinsi, pochta manzili, uy, ish, mobil telefoni va elektron pochta manzilini, shu jumladan, yig'ish, tizimlashtirish, to'plash, saqlash, tozalash (yangilash, o'zgartirish), O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanish, tarqatish, uzatish, shaxsiy ma'lumotlarni yo'q qilish, shuningdek, ularni qayta ishlash maqsadida Sotuvchining kontragentlariga, marketing dasturlari, statistik tadqiqotlar o'tkazish, shuningdek, turli aloqa vositalari, shu jumladan (ular bilan cheklanmagan holda) pochta jo'natmalari, elektron pochta, telefon, faksimil aloqa, Internet tarmog'i orqali xaridor bilan bevosita aloqalarni amalga oshirish orqali bozorda xizmatlarni ilgari surish uchun xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlarni o'tkazishga o'z roziligini bildiradi va ruxsat beradi.
    5. Xaridor roziligini bildiradi va Sotuvchi va Sotuvchining kontragentlariga Xaridorning shaxsiy ma'lumotlarini avtomatlashtirilgan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, shuningdek, Sotuvchining topshirig'iga binoan maxsus ishlab chiqilgan boshqa dasturiy vositalar yordamida qayta ishlashga ruxsat beradi. Bunday tizimlar bilan ishlash operator tomonidan belgilangan algoritm (yig'ish, tizimlashtirish, to'plash, saqlash, tozalash, ishlatish, blokirovka qilish, yo'q qilish)ga muvofiq amalga oshiriladi . Amaldagi qayta ishlash usullari (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanib qolinmay): kodlar bazasi bilan pochta kodlarini avtomatik ravishda tekshirish, aholi punktlarining ko'cha nomlarini yozishni avtomatik tekshirish, Xaridor bilan telefon, pochta aloqasi yoki Internet tarmog'i orqali aloqa qilish, ma'lumotlar bazasini belgilangan mezonlarga ajratish. Agar ushbu shartnomada ko'rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lsa, Sotuvchi tomonidan olingan shaxsiy ma'lumotlari Xaridorning shaxsiy ma'lumotlarini bunday shaxslar bilan tuzilgan Shartnoma asosida qayta ishlashga topshirishi mumkin bo'lgan uchinchi shaxslarga o'tkazilishiga Xaridor rozilik bildiradi, agar O'zbekiston Respublikasining bunday uchinchi shaxslar tomonidan qayta ishlashda shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligini ta'minlash to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi amalga oshirilsa. Ushbu Xaridorning ma'lumotini uzatishda Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma'lumotlarini olgan shaxslarni ogohlantiradi, bu ma'lumotlar maxfiydir va faqat ular xabar qilingan maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin va bu shaxslarning ushbu qoidaga rioya qilishlari talab etiladi.
    6. Xaridor Sotuvchidan o'z shaxsiy ma'lumotlari, ularni qayta ishlash va ulardan foydalanish haqida to'liq ma'lumot so'rashi, shuningdek, Sotuvchining pochta manziliga tegishli yozma so'rov yuborib, noto'g'ri yoki to'liq bo'lmagan shaxsiy ma'lumotlarni istisno qilish yoki tuzatish/to'ldirishni talab qilishi mumkin. Mazkur Xaridor tomonidan uning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga berilgan rozilik muddatsiz bo'lib, Xaridor tomonidan Sotuvchining pochta manziliga yozma ariza yuborish yo'li bilan bekor qilinishi mumkin.
Sizda yana savollar qoldimi?
Xizmat ko'rsatish va yetkazib berish bo'yicha savollaringiz bo'lsa, iltimos, call-markazga murojaat qiling yoki elektron pochta orqali yozing

[}item{]