Club 1000 dasturi

CLUB 200

Dastur qanday ishlaydi?

1

Xarid qiling
Har oy 200 yoki undan ortiq ballga shaxsiy xaridlar qiling


2

Taklif qiling
Yangi mijozlarni xarid qilishga taklif qiling va ular bilan birgalikda oyiga 500 balldan bajaring


3

Jamg‘aring
Wellness-qor parchalarini oling va jamg‘aring. 500 ball = 1 dona qor parchasi, 1000 ball = 2 dona qor parchasi


4

Oling
Barcha qor parchalarini yig‘ing va Dastur bo‘yicha eng yuqori natijaga erishing: 5 700 000 so'm sertifikatga ega bo‘ling


Maksimal muvaffaqiyatingiz:

24 qor parchasi evaziga 5 700 000 so'm

6
1 000 000
so'mga
qiymatga ega
sertifikatlar
9
1 500 000
so'mga
qiymatga ega
sertifikatlar
12
2 700 000
so'mga
qiymatga ega
sertifikatlar
18
4 000 000
so'mga
qiymatga ega
sertifikatlar
24
5 700 000
so'mga
qiymatga ega
sertifikatlar

Dastur va qor parchalarini to‘plash muddati qaysi davrni o‘z ichiga oladi?
2025-yil 1-sentabrdan 2026-yil 31-avgustgacha
Club 1000'da kimlar ishtirok etishi mumkin?
Dasturda O‘zbekistondagi barcha Brend-maslahatchilar ishtirok eta oladi.
Dasturda qanday xaridlar inobatga olinadi?
Dastur ishtirokchisining aylanmasida Shaxsiy Hajmida (ShH)gi shaxsiy xaridlari hamda joriy biznes yilda (sentabr–avgust) ro‘yxatdan o‘tgan birinchi qator Doimiy mijozlarning onlayn va oflayn amalga oshirgan xaridlari uchun ballari inobatga olinadi.
Dastur ishtirokchisining aylanmasi qanday hisoblanadi:
Dasturda g‘olib bo‘lish uchun ishtirokchining shaxsiy xaridlari (ShH) kamida 200 ballni tashkil etishi, shuningdek, joriy biznes yilida ro‘yxatdan o‘tgan birinchi qatordagi yangi Doimiy Mijozlarning xaridlari 500 ball va undan yuqori bo‘lishi kerak.
500 ball = 1 dona qor parchasi
Bir oy ichida qor parchalarining maksimal soni – 2 ta qor parchasi, butun Dastur uchun – 24 ta. Barcha natijalar va qor parchalari saytda ko‘rsatiladi.
Qanday qilib maksimal natijaga erishish mumkin?
Maksimal qiymatdagi sertifikat olish uchun kamida 1000 ball aylanmasini 12 oy davomida barqaror bajarish kerak. MUHIM! Dasturda ishtirok etishning istalgan paytida siz to‘plangan qor parchalarini sertifikatga almashtirishingiz mumkin. Bunday holda, keyingi oydan boshlab siz qor parchalarini noldan yig‘ishni boshlaysiz.
Dasturga qachon qo‘shilish mumkin?
Dasturga uni amal qilish muddatining ixtiyoriy oyidan qo‘shilsa bo‘ladi. Club 1000 shartlariga ko‘ra, 500 ball aylanma bajarilgan birinchi oy – dasturga qo‘shilish oyi hisoblanadi. Agar Brend-maslahatchi Dasturda biznes yilining o‘rtasi yoki oxirida ishtirok eta boshlagan bo‘lsa, u holda bunday ishtirokchi uchun ham u 12 oy ketma-ket amal qiladi.
Masalan: Brend-maslahatchi birinchi marta 2026-yil fevral oyida aylanmadan 500 ball to‘plagan. Bunday holda, fevral dasturdagi ishtirokning birinchi oyi hisoblanadi, 2027-yilning yanvari esa yakuniy oy bo‘ladi.
Agar bir oy o‘tkazib yuborilsa nima bo‘ladi?
Agar ishtirokchi 500 ball aylanmasini bajarmasa (bir oy yoki undan ko‘proq), u Dasturda ishtirok etishni va qor parchalarini yig‘ishni davom ettiradi. Bunday ishtirokchi uchun Dasturning amal qilish muddati ham 12 oyni tashkil etadi. Biznes yil davomida 24 ta qor parchasini olish uchun har oyda kamida 1000 ball aylanmani bajarish kerak.
Masalan: Brend-maslahatchi birinchi marta 2026-yil fevral oyida aylanmadan 500 ball to‘plagan. 1 ta qor parchasi hisoblandi. 2026-yil mart va aprel oylarida aylanma 500 balldan kam bo‘lgan, qor parchalari hisoblanmagan. May oyida ishtirokchining aylanmasi 1000 balldan oshdi – 2 ta qor parchasi berildi. 2027-yil yanvar – qor parchalarini olishning yakuniy oyi.
Sertifikatlardan qanday va qayerda foydalanish mumkin?
Sertifikatni Siberian Wellness'ning Brend maslahatchi ro‘yxatdan o‘tgan do‘konlarida yoki Kompaniyaning saytida (Internet-do‘kon) istalgan balli mahsulotlarga ishlatish mumkin. Club 1000 dasturi bo‘yicha sertifikatni qor parchalarini ushbu sertifikatga almashtirilgan kundan boshlab bir yil davomida qismlarga bo‘lib (bir necha buyurtmaga) ishlatish mumkin. Club 1000 sertifikati bo‘yicha mahsulot xaridi uchun keshbeklar va ballar hisoblanmaydi.
Foydalanilmagan qor parchalarini Dasturda ishtirok tugagandan so‘ng uch oy davomida sertifikatlarga almashtirish mumkin.
29-biznes yilining amaldagi ishtirokchilari uchun qo‘shimcha shart
29-biznes yil Dasturining amaldagi ishtirokchilari 2025-yil 1-sentabrdan boshlab 30-biznes yil shartlari asosida Dasturda ishtirok etishni davom ettiradilar. Agar ishtirokchida 29-biznes yil Dasturi bo‘yicha foydalanilmagan qor parchalari qolgan bo‘lsa, ular joriy Biznes yil uchun to‘plangan qor parchalariga o‘tadi. 12 karrali qor parchalari soni avtomatik ravishda 29-biznes yil shartlari bo‘yicha maksimal sertifikatga almashtiriladi.

Sizda yana savollar qoldimi?
Xizmat ko'rsatish va yetkazib berish bo'yicha savollaringiz bo'lsa, iltimos, call-markazga murojaat qiling yoki elektron pochta orqali yozing

[}item{]