Doimiy mijozlar uchun Sodiqlik dasturi

Sodiqlik dasturi

Xaridlarni amalga oshiring, bonuslarni to‘plang va sovg‘alar oling!

Batafsil
15% gacha keshbek

Bir oy davomida xaridlarni amalga oshiring va ular uchun ballar oling.

    Ballar qancha ko‘p bo‘lsa, keshbek foizi shuncha yuqori bo‘ladi:
  • 30 balldan 5%
  • 50 balldan 10%
  • 100 balldan 15%

Sevimli mahsulotlaringizni xarid qilish uchun keshbekdan foydalanishingiz mumkin!

Mening keshbekim
siberian wellness discount

Do‘stlaringizni taklif qiling va
85 000 so‘m dan sertifikatlarga ega bo‘ling

Agar siz va do‘stingiz 75 ball yoki undan ko‘proq xarid qilsangiz, biz sizga 85 000 so‘m sovg‘a qilamiz, do‘stingiz esa birinchi xariddanoq 10% keshbek oladi.

Batafsil

Клуб Постоянства!

Kompaniyaning mashhur mahsulotlari 50 ball yoki undan ko‘p miqdordagi oylik xaridlar uchun sovg‘a sifatida taqdim etiladi!
Sovg‘a xohlayman
siberian wellness discount
25% gacha chegirmalar

Faqat Doimiy mijozlar uchun - haftalik aksiyalar.

Chegirmalarni xohlayman!
  • Sodiqlik dasturida qatnashish qoidalari
    1. Dasturda ro'yxatdan o'tish qoidalari
    1.1. Voyaga yetgan har bir inson Doimiy mijozlar Dasturining aʼzosi boʻlishi mumkin.
    1.2. Ro'yxatga olish vaqtida Dastur ishtirokchisi Kompaniyada boshqa Ro'yxatga olish raqamiga ega boʻlmasligi kerak. Agar siz Kompaniyada Ro'yxatga olish raqamiga ega boʻlsangiz, ushbu Qoidalarning 4-bandiga muvofiq boshqa Ro'yxatdan olish raqami ostida Dasturda ishtirok etishingiz mumkin.
    1.3. Agar Doimiy mijozlar uchun Dasturida turmush oʻrtoqlar ishtirok etishga qaror qilsalar, ular bitta Ro'yxatga olish raqami bo'yicha oilaviy juftlik sifatida ro'yxatga olinadi.
    1.4. Agar turmush oʻrtoqlar alohida Ro'yxatga olish raqamlariga ega bo'lish istagini bildirgan boʻlsa, u holda ulardan biri turmush oʻrtogʻining tavsiyasiga binoan Dasturda ishtirok etishga qaror qilgan Doimiy mijoz sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
    1.5. Doimiy mijozning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, tugʻishgan aka-ukalari va opa-singillari, buvilari, bobolari) Kompaniyada ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin, ammo ular Doimiy mijoz ro‘yxatdan o‘tgan strukturada ro‘yxatdan o‘tib va Doimiy mijozning birinchi liniyasiga aylanadi.

    2. Dasturda ishtirok etishning tugatilishi
    2.1. Agar Doimiy mijoz roʻyxatdan oʻtgan oydan boshlab ketma-ket birinchi 4 oy ichida biror marta ham balli to'ldirish bilan Ro'yxatdan o'tish raqamiga mahsulot sotib olmagan boʻlsa, Kompaniya Doimiy mijozning Dasturdagi ishtirokini toʻxtatish va uning Ro'yxatdan o'tish raqamini Kompaniya maʼlumotlar bazasidan oʻchirib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli Ro'yxatga olish oyi deb 1-sanadan boshlangan toʻliq kalendar oyi hisoblanadi.
    2.2. Agar ro'yxatdan o'tgan oydan boshlab dastlabki 4 oy ichida Ro'yxatdan o'tish raqami bo'yicha xaridlar amalga oshirilgan bo'lsa, kelgusida Kompaniya, agar Doimiy mijoz ketma-ket 6 oy davomida Ro'yxatdan o'tish raqami bo'yicha balli to'ldiruvchi bilan mahsulotlarni xarid qilmagan bo'lsa, Doimiy mijozning Dasturdagi ishtirokini to'xtatishga qaror qiladi. Ushbu 6 oy muddatga Doimiy mijoz maqomiga oʻtgan Brend-konsultantning xarid qilmagan oylari ham kiradi.
    2.3. Doimiy mijozning Dasturdagi ishtirokini tugatilishi xaqidagi xabar ro'yxatdan o'tish paytida ko'rsatilgan elektron manzilga yuboriladi.
    2.4. Doimiy mijoz dasturdagi ishtirokini tugatish istagini registrator@sibvaleo.com elektron manziliga tegishli ariza yuborish orqali bildirishi mumkin. Ro'yxatga olish raqami Mijozning arizasi olinganidan keyin 10 kun oʻtgach yoki arizada koʻrsatilgan muddat ichida maʼlumotlar bazasidan olib tashlanadi. Agar ariza belgilangan muddat tugashidan oldin qaytarib olingan boʻlsa, ariza berilmagan deb hisoblanadi.
    2.5. Agar Imtiyozli mijozda bir nechta Ro'yxatga olish raqami bo'lsa, keyinchalik ro'yxatdan o'tgan Ro'yxatga olish raqami Dastur ishtirokchilarining ma'lumotlar bazasidan o'chiriladi.
    2.6. Har qanday sababga koʻra Doimiy mijozlar Dasturida ishtirok etish toʻxtatilgandan soʻng, Ro'yxatga olish raqami boʻyicha toʻplangan barcha bonuslar bekor qilinadi.
    2.7. 2.1, 2.4 bandlarga muvofiq Kompaniya bilan hamkorlikni to‘xtagan Doimiy mijoz va uning turmush o'rtog'i yoki yaqin qarindoshi ro‘yxatdan chiqarilgandan so‘ng 6 oy muddatdan keyin Kompaniyada ixtiyoriy Statusda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

    3. Maqomni o'zgartirish
    3.1. Maqomni o‘zgartirish BackOffice orqali amalga oshiriladi.
    Maqomni o‘zgartirish uchun joriy oyda Brend-maslahatchi uchun belgilangan shaxsiy hajm (ShH)ning minimal normasi – 200 ball bajarilishi, shaxsiy ma’lumotlaringizni tasdiqlashingiz va BackOffice orqali maqomni o‘zgartirish uchun ariza topshirishingiz kerak.
    Ariza rasmiylashtirilgan oyda qilingan xaridlargina hisobga olinadi.
    Hisob oyidan keyingi oyda (1- sanani qo'shib hisoblaganda) qilingan xaridlar hisobga olinmaydi.

    4. Doimiy mijozlar dasturida ishtirok etishni yangilash yoki Brend-konsultant sifatida hamkorlikni tanlash.
    4.1. Agar Doimiy mijoz 2.4-bandga muvofiq Dasturdagi ishtirokini toʻxtatgan boʻlsa, u hamda uning turmush o'rtog'i yana Doimiy mijozlar dasturining ishtirokchisiga aylanishi yoki Dastur ishtirokchilari maʼlumotlar bazasidan Ro'yxatdan o'tish raqami o'chirilgan kundan boshlab 6 oy oʻtgach, Kompaniya bilan Brend-konsultant sifatida hamkorlik qilishni tanlashlari mumkin.
    4.2. Agar Doimiy mijoz 2.1 va 2.2-bandlarga muvofiq Dasturdagi ishtirokini to'xtatgan bo'lsa, u ushbu Qoidalarning 1-bandida ko'rsatilgan shartlarga muvofiq yana Doimiy mijozlar Dasturining a'zosi bo'lishi yoki Kompaniya bilan istalgan vaqtda Brend maslahatchi sifatida hamkorlik qilishni tanlashi mumkin. Bunday holatlarda, Регистрационli raqam oʻzgaradi.
    4.3. Kompaniya bilan hamkorlik qayta tiklansa, Ro'yxatga olish raqamidagi bonuslar to'planishi noldan boshlanadi.

    5. Kompaniya Doimiy mijozlar Dasturiga Kompaniya saytiga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish orqali qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.

    6. Barcha bonuslar boʻyicha  hisob-kitoblar sotib olingan kundan keyingi kun amalga oshiriladi. Hisob Novosibirsk vaqti boʻyicha.
    6.1. 01.09.2024 dan boshlab ro‘yxatdan o‘tgan Kompaniya Doimiy mijozlari uchun cashback to‘lash shartlari o‘zgaradi:cashback QQS siz xarid narxidan hisoblanadi
    6.2. 31.08.2024 gacha va shu kuni ro‘yxatdan o‘tgan Doimiy mijozlar uchun cashback shartlari o‘zgarmaydi
  • "Doimiylik klubi" dasturida qatnashish qoidalari
    1. Doimiylik klubida nima qilish kerak?
    Sevimli Siberian Wellness mahsulotlarini ketma-ket olti oy davomida 50 ballga xarid qilish va Kompaniyadan sovg'a sifatida xitlarga ega bo'lish!
    3 oy ketma-ket 50 ball bilan xarid qilib, siz Kompaniyaning eng mashhur mahsulotlaridan birini sovg'a sifatida olasiz*!
    * Dasturda 3 oy ishtirok etish evaziga sovg'ani faqat bir marta olish mumkin.

    2. Doimiylik klubiga kim qo'shilishi mumkin?
    Siberian Wellness Kompaniyasining har bir Mijozi ishtirokchi bo'lishi mumkin.
    Brend maslahatchilari Doimiylik klubiga qo'shila olmaydi. Biroq, agar Brend maslahatchisi o'z maqomini "Doimiy mijoz"ga o'zgartirgan bo'lsa, u ham Dasturga qo'shilishi mumkin.

    3. Doimiylik Klubiga qanday qo'shilish mumkin?
    50 ballik Shaxsiy hajm bajarilgan birinchi oydayoq darhol Klubga a'zo bo‘lish mumkin. Agar ishtirokchi ushbu normani bajarmagan bo‘lsa, Dasturda ishtirok etish qaytadan boshlanadi.
    Bunday holatda u har oyda 50 ball to‘plashni qaytadan boshlashi kerak bo‘ladi, bunda yetishmayotgan ballarni keyinchalik to‘ldirish sharti bilan bir oy faoliyatdan tanaffus qilish imkoniyati mavjud (yangi ishtirokchilar uchun 3 oydan keyin, Klubga uzoq vaqtdan beri a’zolar uchun esa 1 oydan keyin).

    4. Qachon Doimiylik Klubi sovg'asini olish mumkin?
    Siz sovg'ani shartlar bajarilgan oydan keyingi ikki oy ichida olishingiz mumkin. Joriy mahsulotlar ro'yxati o'zgarishi mumkin.

    5. Doimiylik Klubida qanday imkoniyatlar mavjud?
    Muhim yangilanish! Doimiylik klubda qatnashish davomida bir marta faollikni kamaytirishingiz va shu bilan birga ishtirokchi maqomingizni saqlab qolishingiz mumkin.Doimiylik Klubiga birinchi marta qo‘shilganlarga bu imkoniyat uch oylik 50+ ballga barqaror xaridlardan so‘ng taqdim etiladi. Klubda 6 oy yoki undan ko‘proq bo‘lganlar yangi ishtirok davri boshlanganidan keyingi birinchi oyda 50+ ballga buyurtma berishlari kifoya – tanaffusdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

    Faollik pasaygan oyda 50 balldan kam to‘plash yoki umuman xarid qilmaslik (0 ball) mumkin. Bunda siz to‘play olmagan ballar keyingi oyda qoplanishi kerak*.

    Agar ikki oy ichida ball aylanmasi shartini bajarmasangiz, u holda Klubdan chiqarilasiz. Bunday holda ishtirokni qaytadan boshlash kerak.

    * Misol: Aprel oyida siz atigi 10 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldingiz. Demak, Doimiylik Klubida qolish uchun may oyida 90 ballga xarid qilishingiz kerak: aprel oyi uchun yetishmayotgan ball o‘rnini to‘ldirish (40) va joriy oy uchun zarur 50 ballni to‘plash zarur. Agar buni bajara olmasangiz, Doimiylik Klubidagi ishtirokingiz tugaydi va uni qaytadan boshlashingiz kerak.
  • Referal Dastur qoidalari 
    1. Referal dasturning amal qilish muddatlari qanday?
    Referal dastur 01.09.2025 dan 31.12.2025 sanasigacha amal qiladi. Tashkilotchi ishtirokchilarni oldindan xabardor qilgan holda shartlarni o‘zgartirish yoki aksiyani muddatidan oldin yakunlash huquqini saqlab qoladi.

    2. Referal dasturda ishtirok etish shartlari qanday?
    75 balli xaridni amalga oshiring. Do‘stingizni Doimiy mijoz sifatida ro‘yxatdan o‘tishga va siz bilan bir oyda 75 ballga xarid qilishga taklif qiling.

    3. Men to‘plashim kerak bo‘lgan ballar miqdori bu oyda taklif qilingan do‘stlar soniga bog‘liqmi?
    Yo‘q, bu oyda nechta do‘stingizni taklif qilganingizdan qat’i nazar, joriy oyda bir marta 75 ball to‘plash kifoya.

    4. Taklif qilgan do‘stlarim uchun nima olaman va bu qachon amalga oshadi?
    Agar joriy oyda Dasturda ishtirok etish shartlarini bajarsangiz, keyingi oyning boshida sertifikat olasiz. Sertifikat qiymati 85 000 so‘m * o‘tgan oyda 75 ball to‘plagan taklif qilingan do‘stlar soni.
    Sertifikatdan faqat u olingan kalendar oyida foydalanish mumkin.
    Sertifikatdan foydalangan holda amalga oshirilgan xaridlar uchun ballar hisoblanmaydi.

    5. Sertifikatdan qanday foydalanish mumkin?
    SIBERIAN WELLNESS Do‘konida xarid qilganda, menejerga sertifikatdan foydalanmoqchi ekanligingizni ayting. Menejer uni tizimda tekshiradi va buyurtmangizga qo‘llaydi — xarid summasi sertifikat nominal qiymatiga kamayadi.
    SIBERIAN WELLNESS Internet do‘konida buyurtma berishda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:
    • Shaxsiy kabinetga kiring.
    • "Sovg‘a sertifikatlari" bo‘limiga o‘ting.
    • Kerakli sertifikatni toping va "Savatga qo‘shish" tugmasini bosing.
    • Savatga o‘ting va ikkita to‘plam: "Mening to‘plamim" va "Sertifikat" paydo bo‘lganiga ishonch hosil qiling.
    • "Sertifikat" to‘plamini bosib, faollashtiring va unga sertifikat bilan to‘lamoqchi bo‘lgan mahsulotlarni qo‘shing.
    • "Buyurtmani rasmiylashtirish" tugmasini bosing va xaridni yakunlang.

Savollar bormi?

Xizmat ko'rsatish va yetkazib berish bo'yicha savollaringiz bo'lsa, iltimos, aloqa-markazga murojaat qiling yoki elektron pochta orqali yozing

Doimiy mijozlar uchun Sodiqlik dasturi

Sodiqlik dasturi

Xaridlarni amalga oshiring, bonuslarni to‘plang va sovg‘alar oling!

Batafsil

[}item{]

[} popup.content {] [} popupNotification.content {]