Dino Vision, chernika bilan chaynaluvchi tabletkalar - Vitamama

Antioksidantlar, karotinoidlar va yorug'lik filtrlari bo'lgan rezavorli tabletkalar to'r pardani gadjet nurlanishidan himoya qiladi va ko'z charchog'ini kamaytiradi, ko'rishning ravshanligi va kontrastini saqlashga yordam beradi.
135000
16.8 ball
Artikul #501182
O'ramdagi soni 90ta tabletka
Taʼrifi
  • Ko'rish qobiliyatining uch karra himoyasi!
    Chernika ekstrakti, lyutei...
  • Ko'rish qobiliyatining uch karra himoyasi!
    Chernika ekstrakti, lyutein va zeaksantin bolaning ko'rish qobiliyatini ishonchli himoya qiladi.
  • Shakarsiz mazali!
    Tarkibdagi prebiyotiklar ichak mikroflorasiga g'amxo'rlik qiladi va yoqimli ta'm beradi.
  • Ko' zlar uchun C vitaminining foydalari
    C vitamini hujayralarni oksidlanishdan ishonchli himoya qiladi va charchoqni kamaytiradi.

Gadjetlar faqat foyda keltirsin!
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, bolalarning 10 foizi maktabga uzoqni ko'ra olmaslik bilan kirishadi va maktab bitiruvchilari orasida bu ko'rsatkich 30 foizga yetadi! Ushbu vaziyatni o'zgartirish mumkin va kerak, va ota-onalar farzandining ko'rish qobiliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashlari mumkin: faol turmush tarzini ulash, vizual zo'riqishni nazorat qilish, yaxshi dam olish, sog'lom ovqatlanish va, albatta, to'g'ri vitaminlar.

Foydalini mazali qilamiz!
Hamma bolalar ham ismaloq, qalampir va ko'rish uchun juda muhim bo'lgan boshqa yorqin sabzavotlarni iste'mol qilishga tayyor emaslar. Biz, har bir bola yoqimli ta'midan zavqlanib, foydali komponentlardan o'ziga mos portsiyasini qabul qilishi uchun, shirinliklar shaklida BFQni yaratamiz! Aqlli dozalari tufayli esa chaynaluvchi tabletkalar nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham mos keladi. Vitamama seriyali Dino Vision - bu butun oila uchun muntazam foydalanishda qulay yechim.

Biz dunyoga yorqin qarashni saqlab qolamiz!
   • Ko'rish qobiliyatini tasdiqlangan qo'llab-quvvatlash
Biz ko'rishni himoya qilish uchun muhim tabiiy komponentlardan foydalanamiz, vaqt sinovidan o'tgan va ilmiy jihatdan isbotlangan samaradorlikka ega. Lyutein va zeaksantin – karotenoidlar, tabiiy yorug'lik filtrlari, ko'zlarni ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiladi va vizual zo'riqishni yengishga yordam beradi, chernika ekstrakti vizual pigment rodopsin ishlab chiqarishga yordam beradi va ko'rish keskinligini tiklaydi, C vitamini esa hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qiladi va ko'z to'qimalariga sifatli oziqlanishni ta'minlaydi.
   • Ichak uchun foydalari
Biz bolalar ovqatlaridagi shakar miqdorini kamaytiramiz va uni prebiyotik tolalar – galaktooligosaxaridlar va fruktooligosaxaridlar bilan almashtiramiz va palatinoza kabi aqlli, xavfsiz shirinlashtirgichlardan foydalanamiz. Shirinliklar ko'rinishidagi foydali ozuqa moddalari ichak mikrobiomasi uchun mazali va xavfsizdir.

Bolalarning ko'rish qobiliyatini to'g'ri qo'llab-quvvatlash
   • C vitamini
C vitaminining antioksidant ta'siri erkin radikallar ta'siridan kelib chiqadigan ko'rish muammolarini oldini oladi.
Shuningdek, C vitamini qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, metabolizmni yaxshilaydi va ko'rish o'tkirligini oshiradi. Immunitetni kuchli qo'llab-quvvatlash esa butun organizmni mustahkamlaydi va yallig'lanishning oldini olishga yordam beradi.
   • Lyutein va zeaksantin
Lyutein – bu ultrabinafsha nurlanishni bloklaydigan va yorug'lik shikastlanishlardan ko'rish hujayralarni himoyalovchi tabiiy pigment-yorug'lik filteri.
Zeaksantin lyutein bilan birgalikda ko'k nurni yutadi va spektrning ko'rinadigan qismining qisqa to'lqinli nurlanishiga olib keladigan fotokimyoviy shikastlanishni kamaytirgan holda quyosh nuridan himoyalovchi ko'zoynaklar kabi ta'sir etadi.
   • Chernika ekstrakti
Chernika antotsianinlari yuqori antioksidant ta'sirga ega, ko'rish organlarining qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi, ko'zning gavharini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.

Har bir portsiya tarkibi*:
4 ta asosiy komponent
Ko'rishni qo'llab-quvvatlash uchun lyutein, zeaksantin, chernika ekstrakti va C vitamini.
0% konservantlar
Bolalar xavfsizligi uchun maksimal darajada toza kompozitsiya.
0,9 gr shakar.
Dekstroza, palatinoza va quritilgan chernikalardan, tishlarga zarar bermasdan.
* 1 ta porsiya = 3 ta tabletka.

Bolalarning ko'zlari salomatligi haqida ko'proq bilmoqchimisiz? Biz ota-onalar uchun samarali mashqlar, gadjetlardan xavfsiz foydalanish bo'yicha tavsiyalar va ko'rish qobiliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun ovqatlanish bo'yicha maslahatlar to'plangan maxsus yo'riqnoma tayyorladik.

Kimlarga mo'ljallangan?
• Yosh bolalar va o'smirlar uchun.
• Gadjetlardan faol foydalanadiganlar uchun.
• Faol hayot tarzida yashaydigan, sport bilan shug'ullanadigan va tez-tez ochiq quyosh ta'sirida bo'ladigan bolalar uchun.

Qoʻllanilishi

3 yoshdan boshlab bolalar va kattalar uchun kuniga 3 ta tabletka ovqat vaqtida, chaynaladi.

Qabul qilish davomiyligi - 1-2 oy.

Hujjatlar va materiallar
Tarkibi

Tarkibi: dekstroza monogidrat, fruktooligosaxaridlar, Izomaltuloza Palatinoza™, galaktooligosaxaridlar, mikrokristall sellyuloza (to'ldiruvchi), quritilgan chernika kukuni, quruq na'matak sharbati (konsentrlangan na'matak sharbati, maltodekstrin (tashuvchi), askorbin kislotasi, lyutein, namlikdan himoya qiluvchi plyonka qoplamasi, chernika ekstrakti, kaltsiy stearat (yopishqoqlikka qarshi vosita), "Vanil" va "Chernika" tabiiy ozuqaviy xushbo'ylashtirgichi, talk (yopishqoqlikka qarshi vosita), zeaksantin.

Tarkibida laktoza saqlaydi. Tarkibida oz miqdorda glyuten tarkibli donlar, yeryong'oq, yong'oqlar, tuxum, soya, xantal, kunjut, selderey, baliq, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va ularni qayta ishlash mahsulotlari bo'lishi mumkin.

3 ta tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol komponentlar Og'irligi, mg FEMning % da
bolalar uchun
ITD dan %.
kattalar uchun
3-6
yosh
7-10
yosh
11-14 yosh 15–17 yosh
o'g'il bolalar qiz bolalar o'g'il bolalar qiz bolalar
C vitamini 26,7 53 45 38 45 30 38 30
Lyutein 2,5 50
Zeaksantin 0,25 25
Chernika ekstrakti 16

* MR 2.3.1.0253-21 "Rossiya Federatsiyasi aholisining turli guruhlari uchun energiya va ozuqaviy moddalarda fiziologik ehtiyoj meʼyorlari" talablariga muvofiq bolalar uchun Isteʼmolning tavsiya etiluvch meʼyori.
**YaSEGT boʻyicha adekvat isteʼmol darajasi.

Fikr-mulohaza qoldirish
Sizning fikr-mulohazangiz kimnidir tanlov qilishida yordamchi bo'ladi. Tajribangiz bilan o'rtoqlashayotganingiz uchun tashakkur.
Izoh yozing:
Qanday fikr-mulohaza qoldirish lozim?
  • Matn maydonida mahsulotning ijobiy va salbiy tomonlari va undan foydalanishning umumiy tajribasini tasvirlab yozing;
  • "Fikr-mulohaza yuborish" tugmasini bosing Agar u faol bo'lmasa, matnli maydonni to'ldiring. Saytda sharh e'lon qilinganligi to'g'risida xabarnoma ro'yxatdan o'tish paytida ko'rsatilgan elektron pochtaga yuboriladi;
  • Savolingiz yoki shikoyatingiz bo'lsa, tezkor aloqa qilish uchun bizning pochtamizga yozing - call-centre@sibvaleo.com

Sharhlar moderatsiya(teksirish)dan so'ng nashr etiladi, shuning uchun ular darhol saytda ko'rinmaydi.