Kompaniyaning 25-yilligiga bag'ishlangan yubiley kolleksiyasidan 9-raqamli ifor tumori! To'qqiz raqami sizni hayotdan zavq olishga da'vat etadi. O'zgaruvchan, o'ynoqi, ta'sirchan kompozitsiya zavq berishni biladi - ifor kamroq o'ylash va ko'proq his qilishga majbur etadi. Hayotdan to'laqonli zavq olish uchun barcha sezgi a'zolarini ishga soling!
O'ziga xos atir Zavq va huzurlanishni haqiqiy qadrlovchilar uchun yog...
O'ziga xos atir Zavq va huzurlanishni haqiqiy qadrlovchilar uchun yog'ochli, shinavandalarga xos ifor.
20% xushbo'y moddalar va efir moylari Yuqori konsentratsiya shleyfni uzaytiradi va xushbo'y hidning barqarorlogini kuchaytiradi.
Mualliflik ifori Suazik Bokur (Soizic Beaucourt) – Parfums Sélectifs by Aromapolis Olfactive Studio kapsulali kompozitsiyalarning muallifi, Eurofragance (Barselona) jamoasining a'zosi.
Nonum bo'lish – bu sening xohishing. Dunyoni yoqqanicha o'zgartir! Ifor o'zining olcha sharbatining xushbo'y tutatqi og'ushidagi mevasimon ohanglarini ilk bor tuygandayoq sehrlaydi. Achchiq ziravorlar, chinnigul va zanjabil absoli og'ushidagi kompozitsiyaning asosida mustahkam eman bochkalarida may ohangi eshitiladi. Aynan u iforga tabiiy, shirin rang baxsh etgan. Uning ortidan esa betakror nozik shleyf hosil qiluvchi vetiver, pralin, vanil va peruan malhamining barqaror alohida urg'usi ovoz beradi.
Ifor portreti Yog'ochli, shinavandalar oilasi Boshlang'ich ohanglari: olcha, mevalar ohangi, tutatqi o't Qalb ohanglari: ziravorlar, zanjabil, yog'och ohanglari, kedr, may. Shleyf: vanil, pachuli, vetiver, shinavandacha ohanglar, malhamli ohanglar, charm
Mash'hur parfyumeriya - qandaydir o'ziga xoslikni izlayotganlar uchun
• Ajoyib tanishuv Mash'hur ifor tanlovi - o'z-o'zidan katt voqea. Xarid amalga oshishi uchun ifor bilan tanishuvga vaqt topish, uni "o'zida" sinab ko'rish va onlayn buyurtma qilish zarur bo'ladi. Mos iforni tanlash uchun ketgan vaqt sizning betakror - yangi atiringiz bilan ishqingizning muqaddimasiga aylanadi.
• Parfyumer-yaratuvchisi bilan suhbat O'ziga xos iforning ajoyib tarkibi ortida har doim haqiqiy shaxs, parfyumerning g'oyalari, fikrlari va his-tuyg'ulari turadi. Ifor muallifi – Suazik Bokur (Soizic Beaucourt). 2010-yildan buyon Eurofraganceda ishlaydi (Barselona, Ispaniya). • Ixcham o'ram Selektiv atir qimmatbaho va did bilan o'ralgan: ko'pincha flakonlar og'ir shishadan, uslubiy qopqoqlari esa - tabiiy materiallardan yaratishadi. Ixcham o'ram sizni ifor bilan bog'lanishga tayyorlaydi va asosiy mohiyatdan aslo chalg'itmaydi. • Sifatli xom ashyo Mazkur atirni yaratishda doimo tabiiy qimmatbaho yog'lar va absolyu kabi qimmatli, yuqori sifatli tarkibga ishonch bildiriladi.
O'z tumoringni top! Aromapolis Olfactive Studio raqamli brendning butun kolleksiyasi atirlarini to'pla! O'zingizning betakror iforingizni yaratgan holda raqamlarni bir-biriga birlashtiring!
Kimlar uchun? • Erkaklar va ayollar uchun. • Yorqin o'ziga xos insonlar uchun. • Yetakchilar uchun. • Vizionerlar va kashfiyotchilar uchun.
Haqiqiy qadrlovchilar uchun noyob iforlar Selektiv atir hammaga ham yoqishga harakat qilmaydi. U o'z o'rnini egallaydi va haqiqiy nozik didlilar - olfaktor didga ega insonlarni va ommaviy iforlar bilan hayratga tushmaydiganlar shaxslarni sabr bilan kutadi.
Qoʻllanilishi
1. Iforni bo'yin, quloq orqasi, tirsakning ichki yuzasi, tizzalarning orqa qismi (lekin hammasiga birdaniga emas) kabi puls urayotgan joylarga surting. 2. Atirni dush qabul qilib bo'lgandan so'ng darhol ishlating (toza teri atirni a'lo darajada o'ziga singdiradi) yoki uni o'zingizning atrofingizdagi havoda purkang va iforli bulut ostiga qadam qo'ying. 3. Atirni: • mavsumga qarab (yengil - yozda, nisbatan og'irroq - yilning sovuq vaqtida); • kunning vaqtiga qarab: (kunning birinchi qismida – yengilroq, ikkinchi qismida – nisbatan to'yingan); • kayfiyat va vaziyatga qarab ( ishxonada va ishda - juda qat'iy va sof, sayrda va do'stlar bilan uchrashuvda - og'irroq va kreativ ifor) tanlang.
Ifor o'zgarmasligi uchun atirni quruq salqin, quyosh nurlaridan uzoqroq joyda saqlang.
Layfxak Interyerning ajoyib iforini yarating va kayfiyatni ko'taring! Xonadagi tekstil mahsulotlarini iforlash uchun shunchaki duxidan foydalaning.