Tarkibi: mica, talc, silica, caprylic/capric triglyceride, zinc stearate, diisostearyl malate, 1,2-hexanediol, titanium dioxide, iron oxide yellow (CI 77492), lithol rubine BCA (CI 15850:1), red no. 201 (CI 15850), black iron oxide (CI 77499).
- TABIIY KOMPONENTLARI:
• АNIS EKSTRAKTI
O'simliklardan olingan mahsulot terining taranglashishi, elastik bo'lishi va sog'lom ko'rinish olishiga yordam beradi.
- TABIIY PIGMENTLAR:
• TITAN DIOKSIDI (TITANIUM DIOXIDE)
Nisbatan xavfsiz komponent Pardoz kosmetikasini tayyorlashda qo'llaniladi. Qonunchilikka muvofiq ЕС 1223/2009 va ТР ТС 009/2011dan konsentratsiyada cheklovlarsiz oq pigment sifatida qo'llanilishiga ruxsat berilgan.
• TEMIR ОКSIDI (IRON OXIDE)
Tabiiylikka juda yaqin xilma-xil ranglar uyg'unligini ta'minlaydigan tabiiy xavfsiz pigment. Teri namligini tartibga soladi. Reglamentga muvofiq ЕС 1223/2009 va ТР ТС 009/2011dan cheklovlarsiz foydalaniladi.
• MIKA (MICA)
Mineral pigmentlar yordamida turli ranglarga bo'yaladigan tabiiy slyuda (shaffof mineral). Mayda zarralar ipak tolasidek, yiriklari esa go'zal jilolanib, rangini o'zgartiradi. Zarralar shaklining tuzilishi terini to'liq qoplash va pardozning muqim o'nglanib ketmasligiga imkon beradi. Mazkur mineral to'ldiruvchi kosmetik mahsulotlar va vizual samaraning to'la rang-barangligiga erishish imkonini beradi. Ko'zlar uchun ten, tonal mahsulotlari, lab bo'yog'i yaratishda qo'llaniladi.
• ТАLK (TALC)
Tabiiy mineral. Upa, rumyana, qovoqlar uchun quruq tenlarda gidrofobik to'ldiruvchi sifatida foydalaniladi. UBNni filtrlovchi mahsulot sifatida qo'llanilishi mumkin. Xavfsiz.
• ULTRAMARIN (ULTRAMARINES (CI 77007)
Tabiiy pigment Pardoz kosmetikasida foydalaniladi. Reglamentga muvofiq ЕС 1223/2009 и ТР ТС 009/2011 dan "lazurit" ko'k pigmenti sifatida cheklovlarsiz foydalanishga ruxsat berilgan.
• QALAY OKSIDI (TIN OXIDE)
Mineral kosmetika, meykap mahsulotlari va teriga parvarish beruvchi ayrim mahsulotlarda qo'llaniladigan noorganik oksid. Yorqin rang bilan ta'minlaydi.
• SUN'IY BO'YOQLAR (RED 40 LAKE, YELLOW 5 LAKE, RED NO 201, LITHOL RUBINE BCA, FERRIC FERROCYANIDE)
Mahsulotimizda foydalaniladigan sun'iy bo'yoqlar butun dunyo boylab nazorat qiluvchi ko'plab tashkilotlar tomonidan xavfsiz deb e'tirof etilgan.
Bo'yoqlar go'zallik yaratish maqsadida qo'shiladi, ular tuyg'ularni kuchaytiradi va pardoz kosmetikasini yanada jozibali qiladi.
Ranglar jilosi bizning his-tuyg'ularimiz, hissiyotimiz va salomatligimizga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etadi. Masalan, qizil rang yurak urishining tezlashishiga olib keladi.
- XAVFSIZ SINTETIK KOMPONENTLAR:
• NЕYLОN-12 (NYLON-12)
Xiralashtiruvchi agent, kosmetik mahsulotlarda to'ldiruvchi sifatida qo'llaniladi. Ortiqcha sebumni sinddirib oladi.
• DIMETIKON (DIMETHICONE)
Silikonlar toifasiga kiruvchi kimyoviy polimer, ta'msiz va hidsiz shaffof rangsiz suyuqlik. Yopishqoqlikni ushlab turuvchi. Ko'rsatmaga muvofiq foydalanilganda mutlaqo xavfsiz. Yumshatuvchi mahsulot sifatida ishlaydi: teri yuzasida yoyilgancha epidermisning dag'allashgan qatlami orasidagi bo'shliqni to'ldiradi va namlikni ushlovchi to'siq hosil qiladi. Mayda ajinlarni to'ldirish xususuyatiga ega bo'lib, shu tariqa teri tashqi ko'rinishini yaxshilaydi - dimetikonli mahsulot surtilganidan so'ng teri yanada silliq hamda nafis ko'rinishga ega bo'ladi.
• SINТЕТIK FTORFLOGOPIT (SYNTHETIC FLUORPHLOGOPITE)
Ko'pincha "sintetik slyuda" deb nomlanadigan kosmtik ingredient. To'ldiruvchi, yopishqoqlik va estetik kuchyatirgichni nazorat qiluvchi agent sifatida toifalanadi. Rang, hasham, shu'lani kuchaytirishga, aniq ifodalangan hamda o'nglanmaydigan pigmentatsiyani ta'minlashga qodir. Pardoz kosmetikasining turli xil ranglariga a'lo darajadagi jo'shqinlik baxsh etadi, rumyana, ten, shimmer kabi mahsulotlarning yengil surtilishini ta'minlaydi.