Tarkibi: iron oxides (CI 77499), hydrogenated soybean oil, hydrogenated coco-glycerides, iron oxides (CI 77492), mica, hydrogenated vegetable oil, iron oxides (CI 77491), ozokerite, bees wax, caprylic/capric/myristic/stearic triglyceride, acrylates/stearyl acrylate/dimethicone methacrylate copolymer, ethylene/propylene copolymer, caprylyl glycol, ethylhexylglycerin, tocopheryl acetate, simmondsia chinensis (jojoba) seed oil, persea gratissima (avocado) oil.
- TABIIY KOMPONENTLARI:
• ASALARI MUMI (BEESWAX)
Terini qayta tiklaydi, atrof-muhitning zararli ta'siridan himoya qiladi, oziqlantiradi va unga jilo beradi.
• GIDROGENIZLANGAN SOYA YOG'I (HYDROGENATED SOYBEAN OIL)
A'lo darajada yumshatadigan va namlik yo'qolishining oldini oladigan bir qator muhim yog' kislotalari mavjud.
• KOKOS YOG'INING GIDROGENIZ GLETSERIDI (HYDROGENATED COCO-GLYCERIDES)
Terini oziqlantiradi va atrof-muhitning salbiy ta'siridan himoya qiladi, tortishish hamda qurishishni kamaytiradi.
• GIDRОGЕNIZIRLANGAN O'SIMLIK YOG'I (HYDROGENATED VEGETABLE OIL)
Teri parvarishi bo'yicha kosmetik mahsulotlar tarkibida teri kasalliklariga qarshi kurashadi, yallig'lanish va jarohatni bartaraf etadi. Terini tabiatning zararli omillaridan himoya qiladi, teri qatlamining tez tiklanishiga yordam beradi.
• AVOKADO YOG'I (PERSEA GRATISSIMA (AVOCADO) OIL)
Epidermisning ustki qatlamini namlantiradi, terining himoya xususiyati va mahalliy immunitetini tiklaydi, UB filtri sifatida ishlaydi. Yog' tarkibiga kiruvchi A va E vitaminlari antioksidant ta'sir ko'rsatadi, sterollar esa erta qarishdan himoya qiladi.
• JOJOBA YOG'I (SIMMONDSIA CHINENSIS (JOJOBA) SEED OIL)
O'simlik dunyosida beqiyos hisoblangan suyuq mum o'zining quyuq konsistensiyasi bilan farqlanadi, bunda u teriga oson singadi, yog'dan yaltirash hamda og'irlik hissini qoldirmaydi. Terini namlab va oziqlantirib, himoya qobig'i bilan ta'minlaydi. Yog'da E vitaminining yuqori konsentratsiyasi uni - qayta tiklash, yallig'lanishga qarshi, mo'tadillashtirish kabi antioksidant xususiyatlarini ta'minlaydi.
- TABIIY PIGMENTLAR:
• TEMIR ОКSIDI (IRON OXIDE)
Tabiiylikka juda yaqin xilma-xil ranglar uyg'unligini ta'minlaydigan tabiiy xavfsiz pigment. Teri namligini tartibga soladi. Reglamentga muvofiq ЕС 1223/2009 va ТР ТС 009/2011dan cheklovlarsiz foydalaniladi.
• TITAN DIOKSIDI (TITANIUM DIOXIDE)
Nisbatan xavfsiz komponent Pardoz kosmetikasini tayyorlashda qo'llaniladi. Qonunchilikka muvofiq ЕС 1223/2009 va ТР ТС 009/2011dan konsentratsiyada cheklovlarsiz oq pigment sifatida qo'llanilishiga ruxsat berilgan.
- XAVFSIZ SINTETIK KOMPONENTLAR:
• ОZOKERIT (OZOKERITE)
Ko'rsatmaga muvofiq foydalanilganda mutlaqo xavfsiz komponent. Neftni qayta ishlash mahsuloti. Lab bo'yoqlarida bog'lovchi, emulsiyani stabillashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi, yopishqoqlikni tartibga soluvchi mahsulot sifatida foydalaniladi. Fizioterapiya(ozokeritoterapiya)da keng qo'llaniladi.
• ETILEN VA PROPILEN SOPOLIMERI (ETHYLENE/PROPYLENE COPOLYMER)
Po'stloq hosil qiluvchi polimer. Ko'rsatmaga muvofiq foydalanilganda mutlaqo xavfsiz.
• DIMETIKON (DIMETHICONE)
Silikonlar toifasiga kiruvchi kimyoviy polimer, ta'msiz va hidsiz shaffof rangsiz suyuqlik. Yopishqoqlikni ushlab turuvchi. Ko'rsatmaga muvofiq foydalanilganda mutlaqo xavfsiz. Yumshatuvchi mahsulot sifatida ishlaydi: teri yuzasida yoyilgancha epidermisning dag'allashgan qatlami orasidagi bo'shliqni to'ldiradi va namlikni ushlovchi to'siq hosil qiladi. Mayda ajinlarni to'ldirish xususuyatiga ega bo'lib, shu tariqa teri tashqi ko'rinishini yaxshilaydi - dimetikonli mahsulot surtilganidan so'ng teri yanada silliq hamda nafis ko'rinishga ega bo'ladi.
• АКRILAT/STEARILAKRILAT/DIMETIKОNMETAAKRILATSOPOLIMER (ACRYLATES/STEARYL ACRYLATE/DIMETHICONE METHACRYLATE COPOLYMER)
Qobiq hosil qiluvchi. Ko'rsatmaga muvofiq foydalanilganda mutlaqo xavfsiz komponent.
• КАPRIL/КАPRIN/МIRISTIN/SТЕАRIN ТRIGLITSERIDI (CAPRYLIC/CAPRIC/MYRISTIC/STEARIC TRIGLYCERIDE)
Glitserinnnig kapril, kaprin, miristin va stearin kislotasi bilan aralashgan triefiri. Ko'rsatmaga muvofiq foydalanilganda mutlaqo xavfsiz komponent. Emolent hisoblanadi va himoyalash xususiyatiga ega.
• ETILGEKSILGLITSERIN (ETHYLHEXYLGLYCERIN)
Glitserinning monoalkil efiri, rangsiz suyuqlik. Donli ekinlardan tayyorlanadi. Eng kuchli ta'sir etuvchi "yashil" konservantlardan biri hisoblanib, uni paraben bilan taqqoslash mumkin. Falmageldid ajratmaydi. pHda keng foydalanilishi mumkin. Kosmetikada:
- teri uchun qo'llaniladigan mahsulotlarda yumshatuvchi;
- emulsiyaning taktil hissini yaxshilovchi;
- gramijobiy bakteriyalarga qarshi faol dezodirlashtiruvchi qo'shimcha sifatida foydalaniladi.
Glikol va spirt kabi mikroblarga qarshi mahsulotlar faolligini oshiradi. Terining namlanishiga yordam beradi.