Tarkibi: propylene glycol dicaprylate/dicaprate, octyldodecanol, vinyl dimethicone/methicone silsesquioxane crosspolymer, diisostearyl malate, beeswax, yellow 5 lake (CI 19140), ozokerite, hydrogenated polyisobutene, red 7 lake (CI 15850), red 28 lake (CI 45410), iron oxides (CI 77491), ethylene/propylene copolymer, paraffin, polyhydroxystearic acid, titanium dioxide (CI 77891), phenoxyethanol, caprylyl glycol, glyceryl caprylate, tocopheryl acetate, water, rosa canina fruit oil, butylene glycol, chamomilla recutita (matricaria) flower extract, freesia refracta extract, lavandula angustifolia (lavender) flower extract, mentha piperita (peppermint) leaf extract, monarda didyma leaf extract, rosmarinus officinalis (rosemary) leaf extract, 1,2-hexanediol, tremella fuciformis (mushroom) extract, rubus fruticosus (blackberry) fruit extract, vaccinium macrocarpon (cranberry) fruit extract, ethylhexylglycerin.
- TABIIY KOMPONENTLARI:
• klyukva ekstrakti terini namlantiradi va atrof-muhitning zararli ta'siridan himoya qiladi.
• na'matak ekstrakti teriga yoshartiruvchi va qayta tiklovchi ta'sir ko'rsatadi.
• maymunjon ekstrakti terini tetiklashtiradi, unga taranglik baxsh etadi.
• moychechak ekstrakti gullari (sosvetiy azulen ekstrakti faol moddasi) shamollashga qarshi, davolovchi, allergiyaga qarshi ta'sir etuvchi xususiyatlarga ega, UB nurlaridan himoya qiladi.
• freziya ekstrakti gullari teri elastikligini tiklaydi, vitaminlarga to'yintiruvchi va namlantiruvchi sifatida ta'sir qiladi, qurushish hamda sho'ralashni bartaraf etadi.
• lavanda gullari ekstrakti terini yangilaydi, tetiklashtiradi va teri holatini yaxshilaydi.
• yalpiz barglari ekstrakti namlikning saqlanishiga yordam beradi, terini yangilaydi va jonlantiradi, uning himoya kuchlarini ishga soladi.
• monarda barglari ekstrakti - yallig'lanishga qarshi mahsulot, antioksidant ta'sirga ega.
• dorivor rozmarin barglari ekstrakti bakterisid, dezenfiksiyalovchi va qo'ziqorinlarga qarshi kurashish xususiyatga ega.
• muzli qo'ziqorin ekstrakti - tabiiy komponentlardan tashkil topib, sifati bo'yicha gialuron kislotasidan yuqori turadi. Terini samarali namlaydi, qarishga qarshi, namlikni ushlab turuvchi, antioksidant va antikuperoz xususiyatlarga ega.
- XAVFSIZ SINTETIK KOMPONENTLAR:
• PROPILENGLIKOL DIKAPRILATI/DIKAPRAT (PROPYLENE GLYCOL DICAPRYLATE/DICAPRATE)
Terini silliq qiluvchi emolent. Ko'rsatmaga muvofiq foydalanilganda mutlaqo xavfsiz komponent. Neftni qayta ishlash mahsulotlarini sintez qilish natijasida olinadi. Biologik to'la parchalanadi. Ba'zilarning terisiga yoqmasligi mumkin.
• PARAFIN (PARAFFIN)
Ko'rsatmaga muvofiq foydalanilganda mutlaqo xavfsiz komponent. Atsiklik uglevodorodlarga boy qorishma, neftni qayta ishlash mahsuloti. Lab bo'yoqlari, kipriklar uchun tush, pardoz qalamlarida quyuqlashtiruvchi komponent sifatida qo'llaniladi. Toksik emas.
• ОZOKERIT (OZOKERITE)
Ko'rsatmaga muvofiq foydalanilganda mutlaqo xavfsiz komponent. Neftni qayta ishlash mahsuloti. Lab bo'yoqlarida bog'lovchi, emulsiyani stabillashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi, yopishqoqlikni tartibga soluvchi mahsulot sifatida foydalaniladi. Fizioterapiya(ozokeritoterapiya)da keng qo'llaniladi.
• FENOKSIETANOL(PHENOXYETHANOL)
Konservant, kuchli antibakterial va antiseptik mahsulot . Parabenlarning o'rnida qo'llaniladi. Ichish ham teriga surtgan kabi mutlaqo xavfsiz*.
• ETILEN VA PROPILEN SOPOLIMERI (ETHYLENE/PROPYLENE COPOLYMER)
Po'stloq hosil qiluvchi polimer. Ko'rsatmaga muvofiq foydalanilganda mutlaqo xavfsiz.
• VINILDIMETIKON (VINYL DIMETHICONE/METHICONE SILSESQUIOXANE CROSSPOLYMER)
Ko'rsatmaga muvofiq foydalanilganda mutlaqo xavfsiz komponent. Dioksid kremniy zarrachalari bilan o'ralgan elastomer hisoblanib, pardoz kosmetikasi yopishqoqligini pasaytirishga yordam beradi. Ajoyib singdiruvchi xususiyatga egaligi sababli jilosiz mahsulotlarni tayyorlashda keng qo'llaniladi. Tarkibida vinildimetikon bo'lgan kosmetika terida ipakdek mayin his qoldiradi, yuzdagi nuqsonlarni mukammal berkitadi.
• DEMITEKON (DIMETHICONE)
Silikonlar toifasiga kiruvchi kimyoviy polimer, ta'msiz va hidsiz shaffof rangsiz suyuqlik. Yopishqoqlikni ushlab turuvchi. Ko'rsatmaga muvofiq foydalanilganda mutlaqo xavfsiz. Yumshatuvchi mahsulot sifatida ishlaydi: teri yuzasida yoyilgancha epidermisning dag'allashgan qatlami orasidagi bo'shliqni to'ldiradi va namlikni ushlovchi to'siq hosil qiladi. Mayda ajinlarni to'ldirish xususuyatiga ega bo'lib, shu tariqa teri tashqi ko'rinishini yaxshilaydi - dimetikonli mahsulot surtilganidan so'ng teri yanada silliq hamda nafis ko'rinishga ega bo'ladi.
• ETILGEKSILGLITSERIN (ETHYLHEXYLGLYCERIN)
Glitserinning monoalkil efiri, rangsiz suyuqlik. Donli ekinlardan tayyorlanadi. Eng kuchli ta'sir etuvchi "yashil" konservantlardan biri hisoblanib, uni paraben bilan taqqoslash mumkin. Falmageldid ajratmaydi. pHda keng foydalanilishi mumkin. Kosmetikada:
- teri uchun qo'llaniladigan mahsulotlarda yumshatuvchi;
- emulsiyaning taktil hissini yaxshilovchi;
- gramijobiy bakteriyalarga qarshi faol dezodirlashtiruvchi qo'shimcha sifatida foydalaniladi.
Glikol va spirt kabi mikroblarga qarshi mahsulotlar faolligini oshiradi. Terining namlanishiga yordam beradi.
- TABIIY PIGMENTLAR:
• TITAN DIOKSIDI (TITANIUM DIOXIDE)
Nisbatan xavfsiz komponent Pardoz kosmetikasini tayyorlashda qo'llaniladi. Qonunchilikka muvofiq ЕС 1223/2009 va ТР ТС 009/2011dan konsentratsiyada cheklovlarsiz oq pigment sifatida qo'llanilishiga ruxsat berilgan.
• TEMIR ОКSIDI (IRON OXIDE)
Tabiiylikka juda yaqin xilma-xil ranglar uyg'unligini ta'minlaydigan tabiiy xavfsiz pigment. Teri namligini tartibga soladi. Reglamentga muvofiq ЕС 1223/2009 va ТР ТС 009/2011dan cheklovlarsiz foydalaniladi.
• MIKA (MICA)
Mineral pigmentlar yordamida turli ranglarga bo'yaladigan tabiiy slyuda (shaffof mineral). Mayda zarralar ipak tolasidek, yiriklari esa go'zal jilolanib, rangini o'zgartiradi. Zarralar shaklining tuzilishi terini to'liq qoplash va pardozning muqim o'nglanib ketmasligiga imkon beradi. Mazkur mineral to'ldiruvchi kosmetik mahsulotlar va vizual samaraning to'la rang-barangligiga erishish imkonini beradi. Ko'zlar uchun ten, tonal mahsulotlari, lab bo'yog'i yaratishda qo'llaniladi.
• SUN'IY BO'YOQLAR (YELLOW 5 LAKE, RED 7 LAKE, RED 28 LAKE)
Mahsulotimizda foydalaniladigan sun'iy bo'yoqlar butun dunyo boylab nazorat qiluvchi ko'plab tashkilotlar tomonidan xavfsiz deb e'tirof etilgan.
Bo'yoqlar go'zallik yaratish maqsadida qo'shiladi, ular tuyg'ularni kuchaytiradi va pardoz kosmetikasini yanada jozibali qiladi.
Ranglar jilosi bizning his-tuyg'ularimiz, hissiyotimiz va salomatligimizga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etadi. Masalan, qizil rang yurak urishining tezlashishiga olib keladi.
*Cosmetic Ingredient Review (CIR) Expert Panelning klinik tadqiqotlari natijalariga ko'ra