«Koren» (Ildiz) balzami – har bir kishiga yordam berish uchun!
SHAMOLLASH
• Nafas olishni yengillashtirish uchun shamollagan va tumov paytida yengil uqalovchi harakatlar bilan burunning qirg‘oqlariga surting.
• Shamollash belgilarida tog‘oraga issiq suv (2 l .ga yaqin) quying, 20–30 tomchi balzam qo‘shing, oyoqlaringizni tog‘oraga 10–15 daqiqaga soling, so‘ngra yaxshilab arting va jun paypoq kiying.
• Tana harorati yuqoriligida ko‘krak qafasini va beldan orqaga qarab va yuqoriroq joylarni balzam bilan arting, jo‘n paypoq qiying yoki ko‘rpaga o‘rang. Kuniga 2–3 marta takrorlang.
• Yo‘talda va tomoqdagi og‘riqda balzamni ko‘krak qafasi sohasiga uqalovchi harakatlar bilan surting. Kuniga 2–3 marta takrorlang. Ayniqsa 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun virusli infeksiya yoki shamollashning ilk belgilari paydo bo‘lganda juda qo‘l keladi.
MUSHAKLAR VA BO‘G‘IMLAR
• Jadal mashg‘ulotdan so‘ng ortiqcha shug‘ullangan mushaklarning zo‘riqishini olish uchun balzamni tanaga surting.
• Bel yoki bo‘yin sohasidagi shamollash ko‘rinishlarida tananing og‘riqli sohalarini yengil uqalovchi harakatlar bilan balzamda arting. Yig‘iluvchi samara berishi uchun buni muntazam ravishda takrorlang.
• Bo‘g‘in sohalarida shamollash sezilganida va mavjudligida balzamdan foydalangan holda tananing og‘riqli sohalarini balzam bilan uqalang.
QOʻLLASHNING BOSHQA USULLARI
• Teri yallig‘lanishida va hashoratlar chaqqanida balzamni shikastlangan tana qismiga kuniga 5–7 marta uqalovchi harakatlar bilan surting.
• Bosh og‘rig‘ida va ortiqcha yuklamani his qilganda terini yengil uqalab, chakka sohasiga balzamni surting. Zarurat mavjud bo‘lishi bilan takrorlab turing.
• Tana haroratining haddan ortiq sovib ketganida balzamni qoʻllash bilan qoʻl panjalarini va tovonlarni ishqalab tashlang.
Faol tarkib: oqqarag‘ay moyi, evkalipt efirmoyi, qarag‘ay jivitsasi, eman po‘stlog‘i ekstrakti, sallagul ekstrakti, tuyatovon ekstrakti, gazanda o‘t ekstrakti, qulmoq ekstrakti, badab ekstrakti, tepalik solyankasi ekstrakti, oq qashqarbeda ekstrakti, oyboltirg‘on ekstrakti, g‘ozpanja ekstrakti, qizilpoya ekstrakti, chagi ekstrakti.
Ingriyediyentlari (INCI): aqua (water), abies sibirica (fir oil), phenoxyethanol, camphor, PEG-40 sorbitan peroleate, ammonium acryloyldimethyltaurate/VP сopolymer, xanthan gum, thymus serpyllum (thyme extract), melilotus albus (sweet clover extract), quercus cortex (oak bark extract), humulus lupulus (hop extract), paeonia officinalis (peony extract), salsola collina (tumbleweed extract), angelica sinensis (angelica extract), potentilla erecta (silverweed), bergenia crassifolia (bergenia extract), urtica dioica (nettle extract), tussilago farfara (coltsfoot extract), fungus betulinus (birch polypore) extract, hippóphae rhamnoídes (sea-buckthorn oil), eucalyptus globulus (eucalyptus oil), abies sibirica (fir) turpentine.
Sharhlar moderatsiya(teksirish)dan so'ng nashr etiladi, shuning uchun ular darhol saytda ko'rinmaydi.