personal
Haqiqiy Sibir bilan bizning blogimizda tanishing!
Oltoy, Baykal va Yakutiyaning cheksiz kengliklari bo‘ylab ajabtovur sayohatga yo‘l oling. Sibirning o‘ziga xos tabiati bilan tanishing va uning sirli tarix olamiga kirib boring!
14
yanvar

Sibir ne’matlari: okopnik

Chiroyli gulli nozik o'simlik suyaklarimiz va bo'g'imlarimiz uchun jonli dori bo'lib xizmat qilishi haqidagi bob...

Sibir dalalari va o'rmonlari bo'ylab bolalardek kezishni va uning boy florasini o'rganishni davom ettiramiz. Bugun biz shuni aniqlamoqchimiz – xandaqlarda, odatda ariq yoki jarlikda yashirinib o'sadigan bu maftunkor giyoh nima? U yerda qadimdan nafaqat o'zining dekorativ ko'rinishi, balki noyob foydali xususiyatlari bilan ham mashhur bo'lgan okopnik yashiringan.

Tabiat malhami

Okopnik (lat. Sýmphytum) – qo'ng'irboshlar oilasiga mansub ko'p yillik o'tli o'simlik. Poyasi shoxlangan, bo'yi 1,2 m gacha yetadi, barglari cho'ziq yirik, to'q yashil rangda. Ularning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular ezilganda kuchsiz bodring hidi keladi. O'simlikning gullari mayda, naysimon-qo'ng'iroqsimon, popuksimon to'pgulga yig'ilgan. May oyidan iyun oyigacha gullash davrida ular binafsha, siyohrangdan ko'kimtir-binafsha ranggacha o'zgaradi – bu xususiyat ko'plab qo'ng'irboshlarga xos bo'lib, ularning gullari antotsian bilan bo'yalgan.

Okopnik G'arbiy Sibir, O'rta Osiyo va Qozog'istonning sharqiy qismida va asosan nam unumdor tuproqlarda, ko'pincha daryo, soy bo'ylarida, o'rmonlarda, butazorlarda o'sadi.

Symphytum turkumining ilmiy nomi yunoncha symphyton – "birikish" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, bu o'simlikning suyak sinishlarini davolash qobiliyati bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Shuning uchun xalq orasida uni ko'pincha "jivokost" deb atashadi. Rossiyada okopnikning jami 8 ga yaqin turi o'sadi, ammo eng keng tarqalgani dorivor okopnik (Symphytum officinale) bo'lib, uning biologik faol moddalari yallig'lanishga qarshi, mikroblarga qarshi, burishtiruvchi, tiklovchi va o'rab oluvchi xususiyatlarga ega.

Asrlar osha kelgan tabib

Okopnik – dorivor o'simlik bo'lib, uzoq tarixga ega. Qadimgi yunon shifokori Dioskorid, keyinchalik o'rta asr fors olimi Avitsenna o'simlikni qadrlagan va o'zlarining davolash amaliyotida foydalangan. Uyg'onish davrida okopnik eng mashhur dorivor o'simliklardan biri bo'lgan: Paratsels uni jarohatlar, yaralar va sinishlarni davolashda qo'llagan. Rossiyalik olimlar o'z asarlarida uning yallig'lanishga qarshi, yaralarni bitkazuvchi va tiklovchi ta'sirini ko'rsatib o'tishgan.

Dorivor okopnik biologik faol moddalarning butun bir arsenalini o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, "jivokost"ning asosiy xususiyatlarini belgilovchi asosiy tarkibiy qism azotli birikma allantoindir (ildizdagi miqdori 0,6–3,75% gacha, yer ustki qismida – 0,5%). Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti allantoinni mahalliy burishtiruvchi va og'riq qoldiruvchi tashqi ta'sirga ega dori vositalari ro'yxatiga kiritdi. Uning yordamida okopnik yallig'lanishni bartaraf etadi, hujayralarning yangilanishi va to'qimalarning, shu jumladan, tog'ayning tiklanishi jarayonlarini faollashtiradi.

Bundan tashqari, "jivokost" ildizida alkaloidlar, iridoidlar, glikozidlar, steroid saponinlar, organik kislotalar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, ko'p miqdorda shilliq, kraxmal, taninlar, asparaginlar, xolin, kumarin, qatronlar, monoterpen glikozidlar, polisaxaridlar, efir moyi mavjud.

Yara va og'riqlarni davolovchi

Davolash maqsadida asosan o'simlikning ildizidan foydalaniladi. Okopnik qaynatmalari va damlamalari yallig'lanishga qarshi, mikroblarga qarshi, burishtiruvchi, tiklovchi, o'rab oluvchi va qon to'xtatuvchi ta'sir ko'rsatadi.

Qaysi hollarda okopnik, ayniqsa, samarali bo'ladi:

1. Tayanch-harakat tizimi kasalliklarini davolashda
Tarkibida allantoin va organik kislotalar ko'p bo'lganligi uchun bo'g'im kasalliklari va jarohatlarda okopnikka teng keladigani yo'q. O'simlik barglari va ildizlaridan tayyorlangan damlamalar lat yeganda, chiqqanda, cho'zilganda, singanda qo'llaniladi – u og'riqni samarali kamaytiradi, shishni yo'qotadi va yallig'lanishni bartaraf etadi.

2. Teri muammolarida
Okopnik tarkibidagi allantoin, organik kislotalar va taninlar teri to'qimalarining tiklanishiga yordam beradi. Qadim zamonlardan beri okopnikning "xizmat ro'yxati"da ekzema, yarali shikastlanishlar, travmatik va yallig'lanishli shikastlanishlar, yoriqlar, yaralar kabi teri kasalliklari qayd etilgan.

3. Ovqat hazm qilish organlari kasalliklarida
O'simlik tarkibidagi shilliq moddalar o'rab olish xususiyati bilan mashhur: okopnik qaynatmalari yallig'lanishni kamaytirishga yordam beradi, oshqozon va ichak shilliq qavatining ta'sirlanishini kamaytiradi.

4. Yuqori nafas yo'llari kasalliklarida
Tarkibidagi taninlar biriktiruvchi xususiyatga ega bo'lib, nafas yo'llari shilliq qavatlarini davolashda qo'l keladi. Kuchli antibakterial ta'siri tufayli okopnik damlamalari va qaynatmalari tomoq og'rig'ini yo'qotishga va salomatlikni tez tiklashga yordam beradi.


Siberian Wellness'ning quyidagi ba'zi mahsulotlari tarkibida okopnikni topish mumkin:

"Jivokost forte", tiklovchi balzam (СО₂ – okopnik ekstrakti)
Xondroprotektorlar majmuasi bilan kuchaytirilgan formula – bo'g'imlardagi yallig'lanishlarning oldini olish va harakatlardagi tortishishni kamaytirish uchun ishonchli va tezkor yechim.

"Uyan Nomo", tana uchun balzam - Sibir balzamlari (okopnik ekstrakti)
Bo'g'inlarga yordamning klassik formulasi Noqulaylik va shishni tezda bartaraf etadi, bo'g'inlardagi moddalar almashinuvi jarayonini normallashtiradi, ularning harakatchanligini oshiradi.

Siz okopnik haqida ilgari eshitganmisiz? Uning mo'jizaviy xususiyatlari haqida bilarmidingiz?

[}item{]