Arslonquyruqni hamma taniydi va birinchi navbatda - asab va uyqusizlik uchun samarali vosita sifatida bilishadi. Biroq, bu o'simlik boshqa ko'plab foydali xususiyatlarga ega. Sizga arslonquyruqda juda qimmatli narsa nima ekanligini, u yana qanday xususiyatlarga egaligini va nima uchun u ko'p yillar davomida tibbiyotda faol ishlatilganligini aytib beramiz.
Qachonki ko'rinish aldamchi bo'lsa
Arslonquyruqning tashqi ko'rinishidan umuman uni dorivor o'simlik deb o'ylamaysiz. Yurakchali yoki oddiy arslonquyruq (Leonurus cardiaca), yasnotkovlar oilasiga mansub ko'p yillik gulli o'simliklarga tegishli va deyarli hech qanday ajoyib go'zalligi bilan hayratga sola olmaydi.
Bu juda baland begona o't bo'lib, qulay sharoitda 150 sm gacha o'sishi mumkin. Uning poyalari tik turuvchi, shoxlab ketgan, to'rt qirrali ko'rinishda. Barglari o'rtaga qadar barmoqsimon tarqoq, och yashil rangda, pastki qismi esa kulranggaqarab ketgan. Arslonquyruq yoz davomida pushti-binafsha yoki oq tusli rangdagi gullar bilan gullaydi. Hosili to'q jigarrang uch qirrali yong'oqlardir.
Yovvoyi tabiatda arslonquyruq Sibirning Janubiy hududlarida Uraldan Mo'g'uliston va Xitoy chegaralarigacha joylashgan yerda uchrab, Pomir-Oloy, Tyan-Shan, Oloy va Buryatiyaning tog' vodiylarini egallaydi. O'simlik yangi sharoitlarga osongina moslashadi, nam joylarni, o'rmon yoqalarini, odamlarning yashash joylarini va yo'l chetlarini afzal ko'radi. Ko'rinishidan, bo'sh yerlarning qorong'i joylariga bo'lgan muhabbat sabab o'simlik arslonquyruq ("пустырник") deb nomlangan. Uning lotincha nomi esa "arslon dumi" deb tarjima qilinadi.
Biroq, bu o'ziga xos bo'lmagan o'simlik o'zining noyob shifobaxsh xususiyatlari tufayli asrlar davomida an'anaviy tibbiyotda ishlatilib kelingan. Arslonquyruq Rossiyaning davlat farmakopeyasida sharafli o'rinni egallaydi, sedativ va gipotenziv dorilar guruhiga kiradi.
Boy ichki dunyo
Inson uchun foyda nuqtai nazaridan, arslonquyruqning eng qimmatli moddalari:
Arslonquyruqning foydali xususiyatlari
Ushbu kuchli faol moddalar to'plami sabab arslonquyruq hujayra tuzilmalarini oksidlovchi stress va erkin radikallardan himoya qilishga qodir kuchli antioksidant vazifani bajaradi. Bundan tashqari, arslonquyruq boshqa xususiyatlari bilan ham qimmatlidir:
Qimmatbaho arslonquyruq ekstrakti quyidagi Siberian Wellness mahsulotlarida uchraydi:
1. "Arslonquyruq va yalpiz" - Essential Botanics
Eng mashhur to'rtta relaksantlar – arslonquyruq, yalpiz, valerian va do'lana mevalari ekstraktining kombinatsiyasi hissiy zo'riqishni tezda yengillashtiradi, tashvishlilik, hayajonlanish, asabiylashish va stressni yengishga yordam beradi.
2. Yovvoyi oʻtlardan fitochoy №3 (Tabiiy antistress) - Baikal Tea Collection
Arslonquyruq, yalpiz, tog'rayxon va valerian aralashmasi yengil tinchlantiradi, davomli charchoqni ketkazadi, stressga chidamlilikni oshiradi va uyqu sifatini yaxshilaydi.
Sibirning ajoyib o'simliklari haqida gapirib, umid qilamizki, siz bizning hali o'rganilmagan hududimizning flora dunyosini yanada ko'proq kashf etasiz va o'rganasiz!