Eng yoqimli tashvishlar — qalbimizga yaqin insonlar uchun sovg‘a tanlashning ayni vaqti. Yangi yil sotuvlarini mamnuniyat bilan ochiq deb e’lon qilamiz! Yaqinlaringizni a’lo kayfiyat, tetiklik va tabiiy go‘zallik uchun yoqimli sovg‘alar bilan xursand qiling.
Sizning shaxsiy velnes-marafoningiz!
Afsonaviy mahsulot — eksklyuziv Yangi yil dizaynida
N.V.M.N
Bestsellerimiz va mutlaq xaridorgir mahsulotimiz — organizmni antioksidant qo‘llab-quvvatlashda yetakchi mahsulot.
Mehr bilan iliqlik ulashamiz: yaqinlaringiz uchun sovg‘alar
Alohida mehr bilan yaratilgan Yangi yil to‘plamlari — baxtli, faol va mazmunli hayot uchun eng samimiy tilaklar kabi.
“Yoshlik va yorqinlik” to‘plami
Teri yoshligi va himoyasi uchun kerak bo‘lgan barcha narsa! Eng kichik molekulyar massaga ega kollagen tripeptidlari C vitamini va biotin bilan kuchaytirilgan bo‘lib, terining tarangligi, tonusi va zichligini qo‘llab-quvvatlaydi. C vitaminli zardob kundalik parvarishga mukammal mos tushadi, terini agressiv stress omillaridan, ayniqsa, yilning sovuq faslida himoya qilishga yordam beradi, unga jilo va bir tekis tus bag‘ishlaydi.
“Qomat va detoks” to‘plami
O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish va ichki yangilanish — yangi yilni boshlashning eng yaxshi usuli. To‘plam organizmni muloyim tarzda yangi maromga moslashga yordam beradi va ichki qulaylik hissini taqdim etadi.
Sog‘lom va mazali bolalik
“Cheburashka: haqiqiy qahramonlar sirlari!” to‘plami
O‘sayotgan, olamni o‘rganayotgan, qiziquvchan va sho‘x bolalarda foydali odatlarni shakllantirish uchun eng sara mahsulotlar. Magniy laktatli ichimlik, immunitetni vitaminlar bilan qo‘llab-quvvatlovchi klyukvali tabletkalar va ikkita Cheburashka nasadkali halqa-brelok — zamonaviy va kayfiyatbaxsh!
“Cheburashka: qahramonlar kombosi” to‘plami
Cheburashka va Vitamama rivojlanish hamda immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun asosiy mahsulotlarni jamladi: OMEGAlodon (klassik), Omega-3 kislotalari kompleksi va D3 vitaminli Immunotops kapsulalari. Hayotga yanada ko‘proq rang qo‘shish uchun esa sevimli shalpangquloq to‘plamga yorqin stikerlarni ham qo‘shdi!
Haqiqiy choy ixlosmandlari uchun — cheklangan bayram seriyasi
Giyohli Choyxona ko‘k choyi
Shinamlik va iliq suhbatlar muhiti: qo‘lda terilgan giyohlar stressni kamaytirishga, arterial bosimni me’yorlashtirishga hamda kunni uyg‘unlik va xotirjamlikka to‘ldirishga yordam beradi.
Giyohli Choyxona qora choyi
Ta’m va salomatlikka g‘amxo‘rlik uyg‘unligi: tabiiy kupaj kuchli va tabiiy tetiklik bag‘ishlaydi.
Bayramni ertakka aylantiramiz!
Yangi kashfiyotlar quvonchi va faqat o‘zingizga bag‘ishlangan sokin lahzalar — sevimli va yaqin insonlaringiz uchun.
U uchun tropik zavq
Shokolad va kokos iforli dush uchun gel, MAGIC MOMENTS kolleksiyasi
Shokolad va kokos iforli tana uchun krem-batter, MAGIC MOMENTS kolleksiyasi
Shokolad va kokos iforli tana uchun skrab, MAGIC MOMENTS kolleksiyasi
Uning mutlaq qulay hududi
“Erkaklar hududi” dush uchun gel
“Erkaklar hududi” universal kremi
Mukammallikning barcha qirralari
O‘ziga g‘amxo‘rlik qilish san’atga aylanganda.
“Tozalash va qulaylik” to‘plami
EXPERALTA® Biomelle’ning ikki xaridorgir mahsulotidan iborat to‘plam benuqson tozalik va qulaylikni ta’minlaydi — go‘zal teri aynan shundan boshlanadi.
Bayramga tabassum qiling!
Ko‘zni qamashtiruvchi tabassum uchun ehtiyotkor parvarish.
“Sibir propolisi” tish cho‘tkali to‘plam
Milklarni mustahkamlash, kariyes profilaktikasiga yordam va ehtiyotkor tozalash.
“Chernika va yog‘och ko‘miri” tish cho‘tkali to‘plam
Tish emalini oqartirishga yordam, toza nafas va ehtiyotkor tozalash.
Sehrning maftunkor notalari
Bayram kayfiyatini iforlar yordamida yaratamiz! Parfyumeriyalangan to‘plamlar — har bir detalni qadrlaydiganlar tanlovi.
Tonka Beans & Tobacco, parfyumeriyalangan to‘plam
Tuyg‘ular qanday uyg‘onishini his eting!
Neroli & Bergamot, parfyumeriyalangan to‘plam
Sokinlik va mutlaq uyg‘unlik og‘ushida.
O‘z qishki ertagingizni yarating, biz esa uni iliqlikka to‘ldiramiz!
Yangi yil kolleksiyasi sizni Internet-do‘konda va SIBERIAN WELLNESS Do‘konlarida allaqachon kutmoqda.