“Ekologik mas’uliyat” iborasi ortida nima turadi? Biz uchun NamAgroTech’da bu, avvalo, tabiat va insonlar —
xodimlarimiz, Brend-maslahatchilarimiz va Mijozlarimiz haqida g‘amxo‘rlik qilishdir.
Tabiatni muhofaza qilishga ham, chinakam ehtiyotkor ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga ham qaratilgan asosiy
ekologik tashabbuslarimiz bilan bo‘lishamiz.
- NamAgroTech’da biz cho‘llashgan va holdan toygan tuproqlarni tiklash, xomashyoni
ekologik jihatdan mas’uliyatli texnologiyalar yordamida yetishtirish va uni
chiqindisiz tayyor mahsulotga qayta ishlashni o‘z ichiga olgan to‘liq siklli ishlab
chiqarishni rivojlantirmoqdamiz.
- Bog‘larimiz zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, bu suv
resurslarini tejash imkonini beradi.
- Mahsulotni joyida qayta ishlash logistika zanjirlarini qisqartiradi va buning natijasida uglerod izi
kamayadi.
- Ishlab chiqarishimizda barcha bosqichlarni qamrab oluvchi ekologik nazorat joriy etilgan.
Qadoqlash materiallarini tanlashdan tortib texnologik jarayonlarni tashkil etishgacha bo‘lgan har bir
bosqich qat’iy tartibga solingan.
- NamAgroTech ishlab chiqarish maydonlari FSSC 22000, ISO 14001 va HALAL kabi qat’iy
xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlangan, bog‘lar esa GlobalG.A.P talablariga
javob beradi — bularning barchasi mahsulotlarimizning benuqson sifati, xavfsizligi va ekologikligini
kafolatlaydi.
Bizning ishonchimiz komil: biznes yaratuvchan bo‘lishi kerak, atrof-muhit farovonligi esa uning eng muhim
ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.