Kompaniya yangiliklari

18
sentabr

Siberian Wellness’ning O‘zbekistondagi yangi mahsuloti bilan baxtli tabassum

Yangi ta’mlar olami va hatto intizom ham shu yerdan boshlanadi. Biz yangi mahsulotlarni tatib ko‘ramiz, bolalikdan ertalab va kechqurun tishlarni tozalashga odatlanamiz va dunyoga bo‘lgan mehrimizni keng tabassum bilan namoyon etamiz. Og‘iz bo‘shlig‘i salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish Siberian Wellness Probiotics seriyasidagi yangi mahsulot bilan muhim odatga aylanadi.

501615 Og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi muvozanati uchun Oral Health probiotigi

Og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi muvozanatini saqlash, tish emalini kariyesdan himoya qilish hamda kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalarning mahalliy immunitetini qo‘llab-quvvatlash uchun probiotik kompleks. Tarkibida maxsus yetishtirilgan Lactobacillus plantarum CBT-LP3 va Lactobacillus acidophilus CBT-LA1 (LAB2PRO™) monoshtammlari mavjud.

Kompleks tarkibiy qismlari kariyes va parodontitni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni bostiradi, shuningdek, mahalliy immunitetni mustahkamlaydi hamda burun-halqum va og‘iz bo‘shlig‘ida yallig‘lanishlar rivojlanishining oldini oladi.

Yangi mahsulotlarni rasmiy saytda buyurtma qiling yoki SIBERIAN WELLNESS Do‘konidan xarid qiling. Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganing, ularni jamoangiz va Mijozlaringizga taqdim eting, salomatlik va a’lo kayfiyatni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalaning.

Kompaniya yangiliklari

[}item{]