Kompaniya yangiliklari

26
may

Siberian Wellness va NamAgro Tech kompaniyalari Brand Awards International 2026 xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi

Brand Awards International xalqaro mukofoti yana bizniki — kompaniyalar “2025-yilda O‘zbekistonda yuqori texnologiyali agrosanoat klasterini rivojlantirish, barqaror amaliyotlarni joriy etish va ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishdagi hissasi uchun” nominatsiyasida taqdirlandi. Siberian Wellness’ning hayot sifati industriyasi, agrosanoat sohasi, mahalliy ishlab chiqarish va O‘zbekistonning barqaror iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi xalqaro miqyosda e’tirof etildi!

Bugungi kunda O‘zbekistondagi Siberian Wellness — bu mamlakatdagi 16 yillik rivojlanish tarixi, mahalliy ishlab chiqarish va agrosanoatga yo‘naltirilgan investitsiyalar, zamonaviy to‘liq siklli ishlab chiqarish, infratuzilma va yangi ish o‘rinlari, shuningdek, barqaror va ekologik ishlab chiqarish yechimlaridir.

NamAgro Tech ushbu ekotizimning strategik qismi va Markaziy Osiyodagi eng yirik agrosanoat loyihalaridan biri hisoblanadi. Loyiha dastlab 415 gektar bog‘ bilan boshlangan bo‘lsa, 6 yil ichida 1100 gektar maydonda yetishtirish, qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni birlashtirgan yirik klasterga aylandi.

Brand Awards International ekspertlar kengashi kompaniyaning mahalliy ishlab chiqarish va ekspertizani rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, shuningdek, barqaror agroamaliyotlar va innovatsiyalarni joriy etishga bo‘lgan intilishini alohida ta’kidladi.

“Bugun O‘zbekistonda nafaqat mahsulotlar, balki biznesning mamlakat rivojiga qo‘shayotgan tizimli hissasi ham yuqori baholanayotgani biz uchun ayniqsa muhim. Biz ishlab chiqarish, texnologiyalar, infratuzilma va insonlarga investitsiya kiritmoqdamiz. Shuningdek, O‘zbekistonni mintaqadagi zamonaviy wellness va agrosanoat loyihalari markazi sifatida ulkan salohiyatga ega davlat deb bilamiz”, — dedi Siberian Wellness Uzbekistan Country Director’i Olesya Koloskova.

Kompaniya bog‘larni kengaytirish, xomashyoni qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlarini ishga tushirish bo‘yicha investitsiyalarni davom ettirmoqda. Jumladan, NamAgro Tech yaqin orada pektin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Oldinda esa yangi ko‘lamlar, yangi g‘oyalar va yangi kashfiyotlar kutmoqda!

Kompaniya yangiliklari

[}item{]