Kompaniya yangiliklari

17
aprel

Quyosh, multfilmlar va do‘stlik — Cheburashka bilan sarguzashtlar davom etadi!

Aprel oyida quyosh iliq nur sochadi va bu bolalar ratsioniga uning energiyasini qo‘shish uchun ajoyib imkoniyat. Cheburashka buni ma’qullaydi va faol o‘sish hamda kuchli immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun sof D₃ vitaminining mazali manbasini taklif etadi.

Ha, Vitamama va Cheburashka do‘stligi davom etmoqda va yanada mustahkamlanmoqda. Klassik yoki Cheburashka dizaynidagi Immunotops D₃ vitaminli kapsulalarni tanlang va aprel sarguzashtlariga yo‘l oling!

85 000 so'm qiymatiga ega sertifikatlar yutug‘i — har hafta. D₃ vitaminini xarid qilsangiz, avtomatik ravishda ishtirokchiga aylanasiz. G‘olib har payshanba kuni tasodifiy sonlar generatori orqali aniqlanadi.

Har oyda paxmoq shalpangquloqdan eksklyuziv merch yutug‘i o‘ynaladi. Unda ham D₃ vitaminini xarid qilganlarning barchasi ishtirok etadi.

Ijodiy tanlov — komikslar chizamiz! To‘g‘rirog‘i, siz chizasiz 🙂 Cheburashka sizga qanday qilib yuz yuvishda, badan tarbiya qilishda, foydali nonushta tayyorlashda yoki yoqimli kechki odatlar bilan uxlashga yordam berishini aks ettiruvchi bir nechta kadrlar yarating. Ish shakli va texnikasini o‘zingiz tanlaysiz. Eng kreativ oila SoyuzMultPark’ka yo‘l oladi — sevimli multfilmlarni tomosha qilish va yangi multfilmlar yaratish uchun.

Aksiya tafsilotlari va g‘oliblar haqida saytimizda ma’lumot beramiz.


Sog‘lom bahor — bu ajoyib!
Kompaniya yangiliklari

[}item{]