Kompaniya yangiliklari

20
mart

Hayit muborak!

Hurmatli O‘zbekistonning Brend-maslahatchilari va Mijozlari!

Bugun muborak kun – ruhiy poklanish, mehr-oqibat, birdamlik va iymon mustahkamlanadigan kun. Bu kun O‘zbekistonning har bir xonadoniga tinchlik, baraka va fayz olib kirsin, qarindoshlik rishtalarini mustahkamlab, yaqinlarga va hayot yo‘lingizda uchraydigan barcha insonlarga yaxshilik qilishga ilhom bersin.

Tilaymizki, duolaringiz ijobat bo‘lsin, ezgu amallaringiz ajr-u mukofotini topsin va Ramazon davomida qalbingizda mustahkamlangan o‘zaro yordam, mehr-shafqat va hamjihatlik yil davomida sizga hamroh bo‘lsin.

Har bir insonga – mustahkam sog‘lik. Har bir oilaga – baxt-saodat. Har bir dasturxonga – totli va fayzli ne’matlar. Har bir xonadonga – qutlug‘ mehmonlar. Butun O‘zbekistonga – tinchlik va farovonlik tilaymiz!

Hayit ayyomi muborak!

Ezgu tilaklar bilan,
Siberian Wellness jamoasi

Kompaniya yangiliklari

[}item{]