Kompaniya yangiliklari

24
fevral

Nordic Garden kolleksiyasidagi yangi iforlar buyurtma uchun mavjud

So‘zsiz o‘zingizni namoyon etish va abadiy esda qolish uchun nimadir o‘zgacha narsa kerak. Aniqrog‘i, muzdek yangilik va mayin iliq shirinlikning jasoratli uyg‘unligi, Nordic Garden’ning nafis iforlarida mujassam.

430152 Parfyumeriya suvi Icy Vanilla / Muzli vanil, 50 ml

Nordic Garden Sehrlangan bog‘idan ilhomlangan atшrlik hikoyasi. Yangi sitrusli boshlanish qora qorag‘at notalari bilan boyitilgan, yurak notalarida vanil, gulsapsar va yog‘och aksentlari ochiladi, kompozitsiya esa tonka loviyasi va shirin paxta notalari bilan yakunlanadi.
Asosiy notalar: sitruslar, qora qorag‘at, gulsapsar, pachuli, tonka loviyasi, pralin, shirin paxta, mushk.

430153 Parfyumeriya suvi Frozen Lily / Muzli piyozgul, 50 ml

Shimol yog‘dusi bilan yoritilgan Nordic Garden Sehrlangan bog‘idagi kechki lahza. Zanjabil va bergamotning o‘tkir notalari yog‘ochsimon va akvatik akkordlar bilan uyg‘unlashgan nozik piyozgul notalariga almashadi va anbar, mushk hamda qaymoqsimon vanildan iborat shleyfga ulanadi.
Asosiy notalar: bergamot, apelsin guli, zanjabil, piyozgul, akvatik va yog‘ochsimon akkordlar, mushk.

430154 Parfyumeriya suvi Crystal Pear / Billur nok, 50 ml

Nordic Garden Sehrlangan bog‘ining tonggi uyg‘onishi. Muzdek anis g‘arq pishgan nok va iliq yong‘oq notalari bilan isiydi, yurak notalarida baxmaldek osmantus, shaftoli va za’faron jilolanadi, shleyf esa labdanum, ladan va sandal bilan o‘rab oladi.
Asosiy notalar: anis, nok, o‘rmon yong‘og‘i, osmantus, shaftoli, jasmin, za’faron, labdanum, sandal.

Yangiliklarga rasmiy sayt orqali buyurtma bering yoki SIBERIAN WELLNESS do‘konlaridan xarid qiling. Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganing, yangiliklarni jamoa va Mijozlarga taqdim eting hamda o‘ziga xos obrazlar yarating.

Kompaniya yangiliklari

[}item{]