Zamonaviy hayot sur’atida bolalar salomatligini faol rivojlanish va ijtimoiylashuvning mas’uliyatli davrida qo‘llab-quvvatlash juda muhim. Shu bilan birga, butun umr davomida o‘z sog‘lig‘imiz va umumiy holatimizga e’tibor qaratish ham muhim. Buni Vitamama va Vitamama Family brendlari oilasi hammadan yaxshiroq biladi va g‘amxo‘r mahsulotlar ko‘rinishida to‘g‘ri tavsiyalar beradi.
501664 Vitamama Family Yengil nafas olish uchun fitosirop 18+, 95 ml
Olma sharbati asosidagi besh xil shifobaxsh o‘simlikdan iborat miks shamollash va O‘RVI mavsumida yengil va sokin nafasni tezroq tiklashga yordam beradi. Ommabop floraseptiklar bilan boyitilgan formula Sibir propolisining antibakterial ta’siri bilan kuchaytirilgan.
501680 Vitamama Family O‘simlik asosidagi detoks 18+, 60 kapsula
Pijma hamda qo‘ziqorinlar (chaga va tulkiquloq)ni o‘z ichiga olgan shifobaxsh o‘simlik ekstraktlari majmuasi immunitetni qo‘llab-quvvatlashga, organizmni muloyim tozalashga va uni parazitlar, zamburug‘li hamda bakterial ichak infeksiyalaridan himoya qilishga yordam beradi.
501674 Vitamama Magniy laktati bilan Dino Mino ichimligi, 100 g
Mango ta’mli kokteyl bolalarga kunduz kuni xotirjamroq va diqqatliroq bo‘lishga, kechasi esa yanada mustahkam uxlashga yordam beradi. Magniy laktati, B₆ vitamini va glitsinli formula mahsulotning maksimal o‘zlashtirilishini ta’minlaydi hamda faol ijtimoiylashuv davrida asab tizimining to‘g‘ri shakllanishiga ko‘maklashadi.
Yangiliklarga rasmiy sayt orqali buyurtma bering yoki SIBERIAN WELLNESS do‘konlaridan xarid qiling. Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganing, yangiliklarni jamoa va Mijozlarga taqdim eting, barcha avlodlar salomatligini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalaning.