3-may kuni Toshkent shahrida nufuzli Brand Awards International 2024 mukofotining VIII tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi marosim yangicha xalqaro formatda tashkil etildi. Unda yurtimizda sezilarli biznes yutuqlarga erishgan, strategik jihatdan muhim hisoblangan yetakchi brendlar taqdirlandi.
Siberian Wellness kompaniyasi “O‘zbekistonda sog‘liq, go‘zallik va faol turmush tarzi sohasida ishonchli va innovatsion brend sifatida strategik yetakchiligi, mahsulotlar yaratishda ilmiy yondashuvi, ekologik tashabbuslari hamda 2024-yilda raqamli kommunikatsiyalarni muvaffaqiyatli rivojlantirgani uchun” nominatsiyasi bo‘yicha “Yil brendi” mukofoti sovrindori deb topildi.
Ushbu mukofot — Siberian Wellness kompaniyasining O‘zbekistondagi 15 yillik faoliyati, mijozlar, brend-maslahatchilar va mutaxassislar hamjamiyati tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonchning yorqin tasdig‘idir. Biz faxr bilan ayta olamizki, har bir qadamimiz — ilmiy tadqiqotlardan tortib raqamli yechimlargacha — hayot sifatining yangi bosqichini shakllantirmoqda.
Shuningdek, NamAgro Tech kompaniyasi ham “2024-yilda O‘zbekiston agrosanoat sohasini rivojlantirish va xalqaro bozorlarga muvaffaqiyatli chiqish yo‘lida qo‘shgan ulkan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi.
Bu yutuq – agroishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ekologik amaliyotlarni joriy etish va mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish borasidagi tizimli faoliyat natijasidir.
Brand Awards International mukofoti O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi hamkorligida ta’sis etilgan. Bu mukofot nafaqat brendlar yutuqlarini e’tirof etadi, balki ularning xalqaro mezonlarga ko‘ra baholanish imkoniyatini ham yaratadi.
Siberian Wellness va NamAgro Tech tashkilotchilarga ko‘rsatgan yuksak e'tirofi uchun minnatdorchilik bildiradi, shuningdek, biz bilan bir yo‘nalishda harakat qilayotgan barcha brend-maslahatchilar, mijozlar, jamoamiz va professional hamjamiyatga chuqur tashakkur izhor etadi.
Biz kelajakni barpo qilamiz.