Dark Vanilla & Cherry Blossom. parfyumeriya suvi, 1,5 ml - Aromapolis Olfactive Studio

  • #108175
Yengil, ta'sirchan, gulli xushbo'y ifor - katta megapolis dinamikasi bilan cho'lg'angan zamonaviy xonimning jozibasi va latofati, quvvati va kuchli g'oyalari timsolidir. Issiq apelsin, oppoq gullar va ajoyib bodomning yorqin ohanglari dunyosiga cho'lg'aning.
16500
0 ball
Artikul #108175
Hajm 1,5 ml
Qulay yetkazib berish
Taʼrifi
  • Bayramona kayfiyat
    Gulli-mevali ifor kayfiyatni ko'taradi, bayramona ...
  • Bayramona kayfiyat
    Gulli-mevali ifor kayfiyatni ko'taradi, bayramona his-tuyg'u baxsh etadi!
  • Mualliflik ifori
    Givenchy, Giorgio Armani, Salvatore Ferragamo uchun ijod qiluvchi fransiyalik parfyumer Lyuka Syuzak.
  • Shirin apelsin moyi
    Hayotiy quvvat bilan to'yintiradi, romantik kayfiyatni yaratadi.
  • Attorlik suvi
    15% yog'lar - kundalik ayollar ifori.

Romantik sarguzasht?
Pshik, va mana tayyor!

Romantika va zavqlanish dunyosiga shung'ing! Yengil mevali-gulli ifor o'zida olchaning nozik gullari, yetilgan mevalar va yorqin sitruslarning ohanglarini qamrab oldi Kompozitsiya yuragida uning asl xususiyati namoyon bo'ladi: toy'ingan oppoq gullar og'ushidagi achchiq bodomning ta'sirchan ohangi, ularning ovozi yog'och akkordlari va shirin vanil ta'sirida yanada nozikroq bo'ladi.

Iforning tavsifi

  • 100% latofatli
    Latofatlilik, go'zallik, o'ziga ishonch va shu bilan birga uning egasining nazokati hamda nozikligiga urg'u beradi.
     •   Oq gullar
    Ta'sirchanlik va noziklikning sehrli muhit kompozitsiyasini baxsh etadi, gullarning boy ohangiga urg'u bergan holda shirin ifor bilan to'ldiradi.
     •    Qora vanil
    Kundalik tashvishlar sabab chetga chiqib qolgan his-tuyg'ularni bo'shashtiradi, ozod etadi va erkinlikka chiqaradi. Kompozitsiyada boshqa ohanglarning kashf etilishiga imkon beradi va atrof-muhitdan kelib chiqib o'z tusini o'zgartiradi.
  • Megapolis quvvati
    Xushbo'y ifori - maftunkor, yengil, biroz shirin, ta'sirchan, gulli, shu bilan birga dinamik, zamonaviy megapolisning kuch va quvvatiga to'la.
     •    Yog'och ohanglari
    Atirni o'rmon musaffoligi, yog'ochlarning quyoshda toblangan iliqligi bilan to'ldiradi. O'ta shirin chizgilarni mutanosib qilgan holda aynan ular davomiylik va nordon ta'm baxsh etadi, issiq kashemirga o'rangandek chulg'ab oladi.
     •    Olcha gullari
    Ifor o'ziga xos achchiq va shirinlik uyg'unligidagi chuqur va baxmal ohangga ega. Olcha ohanglari ijobiy muhitga moslashadi, tinchlantiradi va stressdan keyin quvvatni tiklab, o'ziga ishonch baxsh etadi.
  • Bahorda va yozda o'zimizniki
    Xushbo'y ifor ohanglarini kashf qilishning ayni vaqti - bahor va yoz - bog'lar va giyohlar gullagan davr. Biroq ushbu quvnoq va beg'ubor kompozitsiya sizga yilning istalgan vaqti va kunida zarur bo'lganda, romantik kayfiyat va uzoq sayrlarni yaratish uchun mos keladi.
     •   Shirin apelsin
    Atirni musaffolantiruvchi-iliq ifor bilan to'ldiradi. Hayotiy quvvat baxsh etadi, kayfiyatni ko'taradi, hayotning lazzatini his etishga yordam beradi. Yorqin, olovrang apelsin ijodiy fikrlash va ijobiy kayfiyatda bo'lishga yordam beradi, ortiqcha qiyinchiliklarsiz yengil muloqotga kirishishga moslashtiradi.
     •   Bodom
    Ajoyib ohang - shohona va nazokatli iforni baxsh etgan holda shirin va achchiq ohanglar bilan almashtiradi.

Dark Vanilla & Cherry Blossom bilan Sizning kayfiyatingiz:
- Romantika, o'ynoqilik va noz-karashma
- Yqorqin quvonch va baxt
- Optimistlik, o'ziga ishonch quvvati
- Hayotning yangi, musaffo ta'mi

Iforni oʻzgartiring - kayfiyatingizni oʻzgartiring!
Golden Amber & Midnight Saffron bilan o'zingga jalb et
Fresh Fig & Sparkling Tangerine bilan o'zingga ishon

Har bir flakonda:

 •    15% xushbo'y moddalar va efir moylari
Efir moylaridagi yuqori konsentratsiya shleyfni uzaytiradi va xushbo'y hidning chidamliligini kuchaytiradi.
 •   6 soat
Iforning barqarorligi

Hayvonlarda sinovdan o'tkazilmagan. Tarkibida ftalatlar mavjud emas

Qoʻllanilishi

1. Qayerda puls ursa, o'sha joyga qo'llang: bo'yin, quloq orqasi, tirsakning ichki yuzasi, tizzalarning orqa qismi (lekin hammasiga birdaniga emas).

2. Parfyumni dush qabul qilib bo'lgandan so'ng darhol ishlating (toza teri atirni a'lo darajada o'ziga singdiradi) yoki uni o'zingizning atrofingizdagi havoda purkang va iforli bulut ostiga qadam qo'ying.

3. Atirni:
• mavsumga qarab (yengil - yozda, nisbatan og'irroq - yilning sovuq vaqtida);
• kunning vaqtiga qarab: (kunning birinchi qismida – yengilroq, ikkinchi qismida – to'yinganroq);
• kayfiyat va vaziyatga qarab ( ishxonada va ishda - juda qat'iy va sof, sayrda va do'stlar bilan uchrashuvda - og'irroq va kreativ ifor) tanlang.

Atirning hidi o'zgarishidan qochish uchun uni quruq, salqin, quyosh nurlari to'g'ridan-to'g'ri tushmaydigan joyda saqlang

Layfxak:
Kayfiyatni ko'tarish uchun iforni rum-sprey sifatida qo'llash mumkin: flakonni tekstil (pardalar yoki yostiq)ga yo'naltiring va dozatorni 2-3 marta bosing.

Qulay yetkazib berish
Tarkibi

Tarkibi: etil spirti (80% jild.), parfyumeriya kompozitsiyasi, suv, limonen, linalool, gidroksitsitronellal, benzil salitsilat, sitronellol, kumarin, geksil tsinnamal, sitral, geraniol, benzil spirt, benzil benzoat.

Alcohol (80% vol.), parfum (fragrance), aqua (water), limonene, linalool, hydroxycitronellal, benzyl salicylate, citronellol, coumarin, hexyl cinnamal, citral, geraniol, benzyl alcohol, benzyl benzoate.

Fikr-mulohaza qoldirish
Sizning fikr-mulohazangiz kimnidir tanlov qilishida yordamchi bo'ladi. Tajribangiz bilan o'rtoqlashayotganingiz uchun tashakkur.
Izoh yozing:
Qanday fikr-mulohaza qoldirish lozim?
  • Matn maydonida mahsulotning ijobiy va salbiy tomonlari va undan foydalanishning umumiy tajribasini tasvirlab yozing;
  • "Fikr-mulohaza yuborish" tugmasini bosing Agar u faol bo'lmasa, matnli maydonni to'ldiring. Saytda sharh e'lon qilinganligi to'g'risida xabarnoma ro'yxatdan o'tish paytida ko'rsatilgan elektron pochtaga yuboriladi;
  • Savolingiz yoki shikoyatingiz bo'lsa, tezkor aloqa qilish uchun bizning pochtamizga yozing - call-centre@sibvaleo.com

Sharhlar moderatsiya(teksirish)dan so'ng nashr etiladi, shuning uchun ular darhol saytda ko'rinmaydi.