personal
Haqiqiy Sibir bilan bizning blogimizda tanishing!
Oltoy, Baykal va Yakutiyaning cheksiz kengliklari bo'ylab ajobtovur sayohatga chiqing. O'ziga xos tabiat bilan tanishing va Sibirning sirli tarixiga sho'ng'ing!
11
iyul

Sibir tuhfalari: qora mevali aroniya

Bob qora mevali aroniya yurak va qon tomirlarini qanday qo'llab-quvvatlashi haqida

Shirin va nordon, taxir, tishni qamshtiruvchi - u ko'pchilikka qora mevali ryabina yoki oddiygina qora meva sifatida tanish. Qora mevali aroniya rezalari kichik bo'lsa-da, lekin ularda juda ko'p foyda bor. Va hatto uning tub nomi yunon tilidan "yordam", "foyda" deb tarjima qilingan. Olijanob, chuqur va bunday taniqli qora rangni reza mevaga rang beruvchi moddalar – antotsianin ta'minlaydi.

Aroniya butasining vatani Shimoliy Amerika. Yevropada o'simlik bilan XIX asrda tanishishgan, ammo faqat dekorativ maqsadlarda yetishtirilgan. Qora mevali aroniya Rossiyaga 1930-yilda kelib qolgan, uni Tog'-Oltoy meva-reza stansiyasiga olib kelishgan, u yerdan uning mamlakat bo'ylab keng tarqalishi boshlangan.

Yuragimiz uchun xazina

Qora mevali ryabina - qon tomir tizimining yaxshi ishlashi uchun taniqli yordamchidir.

U qon tomirlarining holati uchun javob beradigan ko'p miqdordagi P vitaminini o'z ichiga oladi. Ushbu muhim vitamin qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, ularning intensiv qon oqimiga chidamliligini oshiradi va kapillyarlarning yuqorii o'tkazuvchanligidan qochishga yordam beradi.

Qora mevali aroniya minerallarga boy. Unda temir, ftor, kaltsiy, molibden, ayniqsa ko'p miqdorda – kaliy va magniy mavjud. Aynan shu ikki modda yurak mushagining ishiga ko'proq ta'sir qiladi, yurak ritmining to'g'ri ishlashini ta'minlaydi. Shuning uchun aroniya yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash uchun samarali vositadir.

Turfa xil va ko'p qirrali

Qora mevali ryabina oshqozon-ichak trakti uchun ham foydalidir. Uning tarkibida kuchli detoksifikator bo'lgan juda ko'p pektin mavjud: ichakdagi zararli moddalarni to'playdi va ularni chiqarib tashlaydi. Qora mevaga tishni qamashtiruvchi ta'm beradigan oshlovchi moddalar yaqqol antiseptik ta'sirga ega. O'simlikning yodni o'zida to'plashdek o'ziga xos qiziqarli xususiyati, uni qalqonsimon bez uchun foydali qiladi. Aroniya tarkibidagi keratin va antotsianinlar esa bizning ko'rish qobiliyatimizni himoya qiladi: ular to'r parda tomirlarida mikrosirkulyatsiyani yaxshilashga va ko'zning yorug'likka ta'sirchan pigmenti – rodopsin ishlab chiqarishni ko'paytirishga yordam beradi.

Reza mevaning vitamin tarkibi xilma-xildir. Qora mevali ryabina tarkibida ko'p miqdordagi B vitaminlari mavjud bo'lib, ular asab tizimining ishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Mevalar A, K, E vitaminlariga, shuningdek C vitamini – immunitetning tabiiy himoyachisiga boy.

Ushbu qiziqarli o'simlikning foydali xususiyatlari juda ko'p. Aynan shuning uchun qora mevali aroniya bizning Kompaniyamizda qadrlanadi, sog'liq va go'zallik mahsulotlari tarkibiga qo'shiladi, masalan:

«Aroniya va lyutein» – Essential Botanics;
«Sinxrovital VII».

Публикации
Qaydlar arxivi 2023
Qaydlar arxivi 2022

[}item{]