personal
Haqiqiy Sibir bilan bizning blogimizda tanishing!
Oltoy, Baykal va Yakutiyaning cheksiz kengliklari bo'ylab ajobtovur sayohatga chiqing. O'ziga xos tabiat bilan tanishing va Sibirning sirli tarixiga sho'ng'ing!
13
iyun

Sibir ne'matlari: chakanda

Chakandaning o'ziga xos ta'mi bilan barchani hursand qilishi, bacha kasalliklarni davolashi va yoshartirishi haqidagi bob ...

Chakanda naqadar go'zal! Kumushrang-yashil barglari bo'lgan to'liq tillarang mevalar bilan qoplangan shoxlarga qaraysiz va nima uchun uni bunday nomlashganini darhol tushunib olasiz. Xalq orasida o'simlikni "Sibir ananasi" deb ham atashadi, bunga uning shirin va nordon, ozgina achchiq ta'mi va meva ifori sababdir.

Sibirliklar chakandani yaxshi ko'radilar: undan mazali murabbo va mazali marmelad tayyorlashadi, muzlatib qo'yishadi, kisel va kompotlar qaynatishadi. Va nafaqat buta Sibirda keng tarqalganligi sababli: ular shunchaki bu rezavorlar o'zida sog'liq va yoshlik retseptlarini yashirishini bilishadi va ularning har biri o'z-o'zicha butun vitamin va mineral kompleksidir. Chakandaning boy "ichki dunyosi" tufayli u tibbiyot va kosmetologiyada keng qo'llaniladi, tarkibiga noyob oziq-ovqat qo'shimchalari, siroplar, drajelar, tish va asal pastalari kiradi.

Chakanda har qanday baloni daf qiladi

Tibet tabiblari o'simlikning shifobaxsh xususiyatlarini ochib berishgan, ular turli xil kasalliklar uchun uning barcha qismlarini – ildizlardan kurtaklari va gullarigacha ishlatishgan. Bugun diqqat markazida - hosili. Har bir reza mevada 200 ga yaqin turli xil fitokimyoviy moddalar: bu yerda Omega kislotalarining to'liq to'plami (Omega-3 , -6, -9 va hatto -7 YTYK) va turli kasalliklarning oldini olish va davolash uchun zarur bo'lgan 10 xil vitaminlar va organizmdagi ko'plab biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadigan va antioksidant ta'sirga ega bo'lgan 24 ta muhim mikroelementlar, jumladan kaliy, magniy, temir, kaltsiy, fosfor va qimmatbaho flavonoidlar mavjud.

Ko'pchilik uchun Sibir chakanda birinchi navbatda shamollash va grippga qarshi vosita sifatida tanilgan, ammo uning iste'dodlari ro'yxati juda katta:

– yallig'lanishga qarshi va antibakterial xususiyatlarga ega - turli xil yaralar, jarohatlar va kuyishlarni davolashni rag'batlantiradi, bo'g'imlar uchun foydalidir;
– bu qoplovchi ta'sirga ega, shuning uchun u oshqozon-ichak trakti kasalliklarida yordam beradi (ammo yuqori kislotalilik holatlarida reza mevani ko'p iste'mol qilmaslik yaxshiroqdir);
– yurak-qon tomir tizimi salomatligini yaxshilaydi, chunki u xolesterin va qon bosimini pasaytiradi;
– C vitaminining ulkan miqdori tufayli u immunitet tizimini faollashtiradi, foydali yog'lar va karotinoidlar tufayli esa jigar hujayralarini ishonchli himoya qiladi;
– ko'p miqdordagi serotoninni - quvonch gormonini o'z ichiga oladi, bu organizmning turli funksiyalariga va bizning ruhiy holatimizga foydali ta'sir ko'rsatadi.

Chakandani sevish va uni ratsioningizga qo'shish uchun juda ko'p sabablar bor va biz hali aytib o'tmagan jihatimiz - chakandaning go'zallik masalalarida tengi yo'qligidir.

Yoshlik va uzoq umr ko'rishning oltin kaliti

Chakanda yog'i - ajinlarga qarshi kurashishga qaror qilganlar uchun haqiqiy topilma. Terining elastikligini saqlab qolish va qarish belgilari paydo bo'lishining oldini olish uchun biz terini chakanda yog'ida juda ko'p bo'lgan muhim antioksidantlar va vitaminlar bilan muntazam ravishda oziqlantirishimiz kerak. Chakanda mevalaridan yog' olinadi (ular urug'lar bilan birga qayta ishlanadi), eng yaxshisi esa sovuq siqish usuli bilan olingan yog' hisoblanadi.

Tabiiy yoshlik eliksiri qanday ishlaydi:

1. Yog' tarkibida polifenollar mavjud bo'lib, ular aylanib yuruvchi ildiz hujayralari sonini ko'paytiradi, shuning uchun to'qimalarni tiklash jarayonlari intensiv va yallig'lanishsiz o'tadi.
2. Chakanda yog'i - biologik kiruvchan beta-karotinning eng boy manbalaridan biridir: bu antioksidant teri hujayralarini erta qarishdan himoya qiladi va uni ichkaridan oziqlantiradi.
3. B vitaminlari guruhi metabolik jarayonlarni normallashtiradi, C vitaminining yuqori miqdori esa kollagen hosil bo'lishini rag'batlantiradi, bu esa terining yanada tortilgan, sog'lom va tarang bo'lishiga olib keladi.

Sibirda yaralgan kompaniya sifatida Siberian Wellness ona yurtining mo'jizaviy reza mevasini va uning xususiyatlarini alohida hurmat qiladi, shuning uchun chakanda bir vaqtning o'zida go'zallik va sog'liq uchun quyidagi bir nechta mahsulotlarning tarkibiga kiritiladi:

Omega-kislotali yuz uchun krem (chakanda yog'i);
Chakanda va dolchin bilan chaynaluvchi marmelad (tabiiy chakanda sharbati);
BeautySense va BEAUTY Box (chakanda yog'i).

Публикации
Qaydlar arxivi 2023
Qaydlar arxivi 2022

[}item{]