personal
Haqiqiy Sibir bilan bizning blogimizda tanishing!
Oltoy, Baykal va Yakutiyaning cheksiz kengliklari bo'ylab ajobtovur sayohatga chiqing. O'ziga xos tabiat bilan tanishing va Sibirning sirli tarixiga sho'ng'ing!
22
iyun

Sibir kitobi

Kirish. Sibirning tirik afsona ekanligi to'g'risida

Hayratda qolasiz, ammo Yevroosiyo qit'asining qoq markazida yashiringan bu ajoyib zamin to'g'risida eshitishmagan insonlarni kam uchratasiz. Sizning Sibirdan ekanligingizni bilgan aksari xorijliklar tushungan holda boshlarini chayqab, ko'zlarini qisibroq aytishadi: "Izg'irin, ayiqlar, go'zal manzara!"

Bu zarracha ham hafa qilmaydi – chindan ham shunaqa!

Tabiat

Sibirda avval boshida yaratilgan tabiiat o'z qudrati va viqorini shiddatli iqlimga qaramasdan saqlab qolgan. Bu kontrastlar diyori: Bu yerda dunyodagi eng katta (va eng toza) ko'l – Baykal, eng katta botqolik –Vasyugan botqoligi, eng manzarali tog'lar – Oltoy tizmalari, mislsiz tabiat boyliklarini saqlovchi ulkan Evenkiya tayga hududlari, o'zining sovuqlik qutbi (- 72 °C ) va hattoki eng yirik qor uchqunlari joylashgan.

Ingrediyentlar

Sibirning hayotiy quvvat va yovvoyi energiya bilan limmo-lim shifobaxsh giyohlari ularga ehtiyoj sezgan insonlarga foyda keltirishga tayyor. Shu sababdan ham bu yerda qaysi choy shamollashga davo, qaysinisi esa tetiklik keltirishidan har bitta maktab bolasi boxabar.

Odamlar

Sibirliklarning odatlari ruh, tana va xarakterni chiniqtiradi. Hammom, havzada cho'milish, kontrast dushlar va albatta, og'izdan og'izga o'tib yuruvchi cho'milish kiyimlaridagi tog' chang'isida uchishlarning o'zi ham hazil gap emas. Hazil hazilkuya, ammo bu insonlarning dam olishari shunday ekan, tasavvur qilib ko'ring, ular o'z faoliyatlarida qanday cho'qqilarni zabt etishlari mumkin. Sibir muvaffaqiyat tarixini tagiga yetish va uni shaxsiy motivatsiya yig'indimizga kiritib qo'ysak arziydi.

Kashfiyotlar (tabiiy geologik ochilmalar)

Bu yerda dunyoni chin ma'noda ostin-ustun qilib yuborgan ajoyib ilmiy kashfiyot va innovatsiyalar dunyo yuzini ko'rgan. Aynan Sibir olimlari "yoshartiruvchi olma" dan yoshlik formulasini yaratishdi, tabiiy vitaminlar foydasini 100 % saqlab qolish va hujayralarning genetik apparati muhofaza qilishni o'rganishdi.

Rivoyatlar

Ammo asosiysi – Sibir odamlari tabiat bilan uyg'unlikda yashashni va tarixiy saboqlarni payqashni allaqachon o'rganib olgan. Sibir shamanlari dunyoning yaratilish sirlarini biladilar, Oltoy tabiblari kasalliklarni davolay oladilar, Urallik ustalar tog'lar bag’rida yashiringan chaqnoq toshlardan ajobtovur narsalar yasashga mohirlar. Bularning barchasi haqida Sibirda afsona va rivoyatlar to'qishadi – qanchalik g'alati bo'lmasin, ularning ko'pchiligi har birimizga shiddatli zamonaviy hayotda asqotadi.

Sibirning kuchi nimada ekanligini bilmoqchimisiz? Sibir xarakteri nima o'zi? Nega "sibirskoye zdorovye" – o'ziga xos va uni o'zimiz uchun topa olamizmi? Mahsulotlarimiz tarkibiga qaysi sibir o'simliklari va nima uchun kiritiladi?

Sibir kitobida boblar ko'p. Obuna bo'ling va kuzating! Va'da beramiz, ko'plab ya’ngi narsalar bo'ladi: suhbat va bahslar uchun sabablar, quruq rivoyatlarga barham berish va yaxshi odatlarni shakllantirish.
Публикации
Qaydlar arxivi 2023
Qaydlar arxivi 2022

[}item{]