Hurmatli Brend-maslahatchilar va Mijozlar!
15 yil — bu siz bilan hamkorlikda bosib o‘tilgan yo‘l. Bu yillar davomida O‘zbekistonda 150 dan ortiq franshizalar ochildi, 120 dan ortiq tadbirkor Kompaniya bilan birgalikda o‘z biznesini boshladi.
Namangan viloyatida 415 gektar unumdor yerda ajoyib bog‘lar barpo etildi. Bu bog‘larda yetishtirilayotgan mevalar va rezavorlar o‘zining yuqori sifati va betakror ta’mi bilan ajralib turadi.
Ammo Siberian Wellness’ning O‘zbekistondagi eng katta boyligi – bu ijobiy o‘zgarishlardir. Brend-maslahatchilarning hayoti tobora qulayroq va mazmunliroq bo‘lmoqda, kompaniya xodimlari esa nafaqat bir shaharda, balki boshqa mamlakatlarda ham ishonchli hamkorlar va do‘stlar orttirmoqdalar. Ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassislar esa malakasini xalqaro miqyosda doimiy ravishda oshirib bormoqda.
Go‘zal, o‘ziga xos va mehmondo‘st O‘zbekiston Siberian Wellness uchun o‘sish, kengayish va cheksiz energiya ramziga aylandi — bularning barchasi siz tufayli! Bu harakat faqat olg‘a borsin, oraliq to‘xtashlar esa — quvonchli va esda qolarli lahzalar uchun bo‘lsin!