Kompaniya yangiliklari

1
dekabr

Cho‘l ortga chekinmoqda: Siberian Wellness ko‘ngillilari O‘zbekistonda an’anaviy tarzda saksovullar ekishdi

Saksovullarni Orol dengizining sobiq tubida ekish ishlari Siberian Wellness kompaniyasi xodimlari va Brend-Maslahatchilari uchun allaqachon an’anaga aylangan. Ko‘ngillilar birlashib, ekologik falokatdan aziyat chekkan mintaqa ekotizimini tiklashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Cho‘llanish va tuproq degradatsiyasi – keng tarqalgan iqlim muammolaridan biridir. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, nooqilona dehqonchilik tufayli tuproqning yemirilish tezligi tabiiy tiklanish jarayonlariga nisbatan 100 barobar yuqori. Eslatib o‘tamiz, suv resurslaridan qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun nooqilona foydalanish XX asrning eng yirik antropogen ekologik inqirozlaridan biri – Orol dengizining qurib qolishiga olib kelgan edi. Ushbu falokat butun sayyoraga ta’sir ko‘rsatdi: Orol tubidan ko‘tarilgan tuz hatto Antarktidada ham topilgan.

Qoraqalpog‘istonda Orolbo‘yi ekotizimini tiklash davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanayotgan muhim vazifa hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi tomonidan tashkil etilgan “Mening bog‘im Orol dengizida” loyihasi amalga oshirilmoqda. Siberian Wellness xodimlari, Brend-Maslahatchilar va Mijozlar ikkinchi yil davomida Orolqum cho‘lida hosil bo‘lgan hududga sho‘rxok va qurg‘oqchilikka chidamli daraxtlar, jumladan, saksovullar ekish ishlarida ishtirok etmoqdalar.

15-noyabr kuni “100 ga xalqaro o‘rmon-iqlim loyihasi doirasida kompaniya ko‘ngillilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘nta maktabning o‘quvchilari va o‘qituvchilaridan iborat 159 nafar ishtirokchi sakssovullar ekishdi. Brend-Maslahatchilar va kompaniya xodimlari sa’y-harakatlari bilan 5220 tup saksovul ko‘chatini sotib olish uchun mablag‘ yig‘ildi. Bu mablag‘ni yig‘ishda Siberian Wellness xodimlari, shuningdek, Rossiya va Qozog‘istondagi kompaniya Brend-Maslahatchilari ham qatnashdilar – chunki tabiatga yordam chegaralarni bilmaydi.

“Ekologiya masalasi bizning mamlakatimizda juda dolzarb. Havoning quruqligi, tuzning ko‘pligi kattalar va bolalarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bizga albatta yaxshilanishlar kerak! Bugungi kunda kelajak avlodlar uchun hissa qo‘shganimdan xursandman. Bu men ishtirok etayotgan uchinchi tadbir va har yil o‘tgan sari ko‘ngillilar ko‘paymoqda, maktab o‘quvchilari, ko‘plab Biznes-Hamkorlarimiz ishtirok etmoqda. Hayajonimni so‘z bilan ifodalash qiyin, kompaniyamizdan faxrlanaman, chunki birgalikda biz yaxshiroq kelajak uchun hissa qo‘sha olamiz. Bu meni juda ilhomlantiradi!” , – deydi tadbirkor Guliayim Kalimbetova.

Ekish jarayoni do‘stlik va umumiy ish uchun kuchlarni birlashtirish muhitida o‘tdi. An’anaga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston aholisi o‘z ona tilida dengizni qaytishga chorlovchi qo‘shiq kuylashdi. Ishtirokchilarning hissiyotlarini so‘z bilan ifodalash qiyin: har bir qatnashuvchi fojianing chuqurligini his qildi va sahroga aylangan hududda ekotizimni tiklashdek umumiy missiyaga hissa qo‘shishdan faxrlandi.

Siberian Wellness jamoasi oldiga katta maqsad qo‘ygan – keyingi mavsumda 10 000 tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan! Ularga ishonamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz!
Kompaniya yangiliklari

[}item{]