1. Aksiyaning amal qilish muddati: 2023-yil 1-iyundan 31-avgustgacha.
2. Aksiya ishtirokchilari: 01.06.2023-yildan boshlab Siberian Wellness kompaniyasida roʻyxatdan oʻtgan Doimiy mijozlar.
3. Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:
3.1. Aksiya davrida Siberian Wellness Kompaniyasida Doimiy mijoz sifatida ro'yxatdan o'ting.
3.2. Roʻyxatdan oʻtgan oyda jami 500 000 soʻmlik bir yoki bir nechta xaridlarni amalga oshiring.
4. Roʻyxatdan oʻtgan oy yakunlari va jami 500 000 soʻmlik xaridlar boʻyicha, keyingi oyning 5-sanasidan keyin Aksiya Ishtirokchisining hisobiga birinchi bonuslar toʻplami hisoblanadi.
4.1. Birinchi bonus to'plamida Aksiya Ishtirokchisi kompaniya assortimentidan 130 000 so'mlik ball bilan to'ldirilgan mahsulotlarni tanlab, 60 000 so'm to'lab tanlangan to'plamni sotib olishi mumkin.
5. Ikkinchi bonus to‘plamini olish uchun Aksiya Ishtirokchisi ro‘yxatdan o‘tgan oydan keyingi ikkinchi oyda 500 000 so‘mlik xaridni davom ettirishi kerak. Sotib olingan birinchi bonus to'plamining qiymati Aksiya uchun ikkinchi oyning xaridlari summasiga kiritilmaydi.
5.1. Ikkinchi bonus to'plamida Aksiya Ishtirokchisi kompaniya assortimentidan 175 000 so'mlik ball bilan to'ldirilgan mahsulotlarni tanlab, 45 000 so'm to'lab tanlangan to'plamni sotib olishi mumkin.
6. Uchinchi bonus to‘plamini olish uchun Aksiya Ishtirokchisi ro‘yxatdan o‘tgan oydan keyingi uchinchi oyda 500 000 so‘mlik xaridni davom ettirishi kerak. Sotib olingan uchinchi bonus to'plamining qiymati Aksiya uchun uchinchi oyning xaridlari summasiga kiritilmaydi.
6.1. Uchinchi bonus to‘plamida Aksiya Ishtirokchisi Kompaniya assortimentidan 250 000 so‘mlik mahsulot tanlashi va tanlangan to‘plamni 25 000 so‘m to‘lagan holda xarid qilishi mumkin.
7. Uchala to‘plamni ham olish uchun Kompaniyada ro‘yxatdan o‘tgan oydan boshlab ketma-ket uch oy davomida 500 000 so‘m va undan ortiq miqdorda xaridlarni amalga oshirish kerak.
8. Aksiyaga yo'naltirilgan xaridlar miqdorida Kompaniyaning faqat ballar asosidagi mahsulotlari hisobga olinadi.
9. Xaridlar shaxsan amalga oshirilishi va ishtirokchining shaxsiy hisobidan to'lanishi kerak. Shaxsiy maslahatchi yoki boshqa Brend-maslahatchi tomonidan rasmiylashtirilgan va/yoki bonus hisobidan to‘langan xaridlar aksiyada hisobga olinmaydi.
10. Har bir bonus to'plamining amal qilish muddati - bir kalendar oyi. Agar bonusli to'plam ishlatilmagan bo'lsa, u holda kalendar oy yakunlariga ko'ra u kuyib ketadi. Agar bonus to'plami ishlatilib to'plam qiymati to'liq sarf qilinmagan taqdirda qoldiq navbatdagi to'plam uchun umumlashtiriladi. Biroq, oxirgi bonus to'liq ishlatilishi kerak. Uchinchi to'plamning amal qilish muddati - bir kalendar oy.
11. Aksiyaning bir Ishtirokchisi xaridlar miqdoridan qat’i nazar, har bir oylik faoliyat oxirida faqat bitta bonusli to‘plamni olishi mumkin.
12. Bonus to'plamlari doirasida sotib olingan mahsulotlar uchun mukofotlar (ballar) berilmaydi. To'plamning pul ko'rinishidagi kompensatsiyasi amalga oshirilmaydi.
13. Aksiya bo'yicha bonusli to'plamdan SIBERIAN WELLNESS sayti yoki do'konida faqat Kompaniyaning balli mahsulotlarini xarid qilish uchun foydalanish mumkin.
14. Katta bonus kichigini yutib yuboradi. Agar yangi Doimiy mijoz roʻyxatdan oʻtgan oyda 200 ball yoki undan ortiq xaridlarni amalga oshirsa va Club 200 Dasturi ishtirokchisiga aylansa, u ushbu Aksiyadan foydalana olmaydi.
15. Agar yangi Doimiy mijoz Aksiya davrida oʻz maqomini Brend-maslahatchiga oʻzgartirsa, u ushbu Aksiyada ishtirok etishni toʻxtatadi.
16. Aksiya amali qilishining oxirgi oyi - 2023-yil avgust. 2023-yil avgust oyida roʻyxatdan oʻtgan va Aksiya shartlarini bajargan Doimiy mijoz oxirgi bonusni 2023-yil oktabr oyi yakuniga ko'ra (2023-yil noyabrda) olishi mumkin.