Quvonchli xabarni baham ko'rishga shoshilmoqdamiz: Siberian Wellness Kompaniyasi ilk bor O'zbekistonda "Yil brendi – 2022" mukofotida ishtirok etdi va bir vaqtning o'zida ikkita mukofotga sazovor bo'ldi.
20-may kuni Toshkentda o'tgan yil davomida O'zbekiston bozorida eng samarali marketing yutuqlarini namoyon etgan muvaffaqiyatli kompaniyalarga topshiriladigan "Yil brendi – 2022" VI mukofoti g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
🌟 Siberian Wellness Kompaniyasi "2022-yilda O'zbekiston taraqqiyotiga qo'shgan sarmoyaviy va wellness-hissasi uchun" maxsus mukofotga sazovor bo'ldi va iste'molchilar tanlovi bo'yicha "Bolalar ozuqalari. Biologik faol qo'shimchalar" nominatsiyasida g'olib bo'ldi.
“Yil brendi” mukofotini o‘tkazishdan maqsad - eng yaxshi marketing jamoalarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonda tadbirkorlik, marketing va reklama xizmatlari bozori infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shishdan iborat.
Respublika raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Qo'mitasi va O'zbekiston Marketing assotsiatsiyasi ushbu mukofotni Assotsiatsiya ekspertlarining onlayn-ovoz berishlari va ochiq xalq ovoz berish natijalari asosida oltinchi bor topshirdi. Bu yil u Telegram messenjerida shu maqsadda maxsus ishlab chiqilgan bot yordamida bo'lib o'tdi, unda 500 mingdan ortiq kishi 25 ta nominatsiyada sevimli brendlariga ovoz berishdi.
Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Qo'mitasi va Marketing assotsiatsiyasi, shuningdek, Siberian Wellness Kompaniyasiga "Marketing va reklamaning rivojlanishiga qo'shgan hissasi va Makon Marketing Forumi 2023ni qo'llab-quvvatlagani uchun" minnatdorchiligini taqdim etdi.
Siberian Wellness mahsulotlari bunday sharafli mukofotga sazovor bo'lganidan mamnunmiz. Bu bizning Mijozlarimizni yuqori sifatli mahsulotlar va yangi marketing yechimlari bilan xursand qilishni davom ettirishimiz uchun yana bir rag'batdir.