1. Aksiyaning amal qilish muddati: 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha.
2. Aksiya ishtirokchilari: Siberian Wellness da 01.05.22 dan beri roʻyxatdan oʻtgan va 01.07.22 gacha biror marta xarid qilmagan Imtiyozli mijozlar (IM).
3. Aksiya ishtirokchisi ro‘yxatdan o‘tgan oyning oxirida bir marta quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda bonus sifatidagi 44000 so'mlik sertifikatni qo'lga kiritadi:
3.1. Siberian Wellness kompaniyasida Doimiy mijoz (DM) sifatida ro'yxatdan o'tish.
3.2. Ro'yxatdan o'tgan kundan boshlab birinchi marta iyul yoki avgust oylarida 525000 so'm yoki undan ko'p miqdorda bir yoki bir nechta xaridlar orqali Shaxsiy hajmni bajarish.
3.3. Xaridlar shaxsan amalga oshirilishi va ishtirokchining shaxsiy hisobidan to'lanishi kerak. Ustoz tomonidan o'zining bonus hisobidan to'langan xaridlar aksiya bo'yicha hisobga olinmaydi.
4. Aksiya ishtirokchisi quyidagi shartlarga rioya qilgan taqdirda 88000 so'm bonusli sertifikatni ikkinchi oy sarhisobi bo'yicha bir marta oladi:
4.1. Ikkinchi oyda bir yoki bir nechta xaridlar bilan 525000 so'm miqdordagi Shaxsiy hajmni bajarish.
4.2. Xaridlar shaxsan amalga oshirilishi va ishtirokchining shaxsiy hisobidan to'lanishi kerak. Ustoz tomonidan o'zining bonus hisobidan to'langan xaridlar aksiya bo'yicha hisobga olinmaydi.
5. Sertifikatning amal qilish muddati: ro'yxatdan o'tgan va shartlar bajarilgan oydan keyingi oyning 3-sanasidan 30/31-sanasigacha.
Masalan, iyul oyida Kompaniyada ro'yxatdan o'tgani va ilk xaridlarni amalga oshirgani uchun ishtirokchi 44000 so'mlik sertifikat oladi, undan 3-avgustdan 31-avgustgacha foydalanish mumkin. Avgust oyida ikkinchi oyning shartlarini bajargani uchun ishtirokchi 88000 so'mlik sertifikatni qo'lga kiritadi va undan 2022-yil 3-sentyabrdan 30-sentyabrgacha foydalanish mumkin bo'ladi.
6. Bonusli sertifikat summasi belgilab qo'yilgan. Aksiyaning bir ishtirokchisi xaridlar miqdoridan qat'iy nazar, aksiya o'tkazilayotgan birinchi oy va undan keyingi oy sarhisobi bo'yicha faqat bittadan sertifikatga ega bo'lishi mumkin. Ushbu aksiya bo'yicha foydalanilmagan sertifikat bekor qilinadi. Agar bonusli sertifikat summasi to'liq ishlatilmasa, qolgan qismi kuyib ketadi. Bonus sertifikatidan foydalangan holda qilingan barcha xaridlar uchun mukofotlar (ballar) hisoblanmaydi. Sertifikatning pul ko'rinishidagi kompensatsiyasi amalga oshirilmaydi. Aksiya bo'yicha bonusli sertifikatdan SIBERIAN WELLNESS sayti yoki do'konida faqat Kompaniyaning balli mahsulotlarini xarid qilish uchun foydalanish mumkin.