Kompaniya yangiliklari

12
dekabr

GLUCO Box: moddalar almashinuvini o'z qo'lingizga oling

Metabolik sindrom organizmdagi tizimli buzilishlarni keltirib chiqaradi va 30 yoshdan oshgan barcha odamlarning deyarli yarmida uchraydi. Fitnes, dietalar va shakar darajasini nazorat qilish uchun ko'plab mahsulotlar har doim ham muammoni kompleksli hal qila olmaydi. Ammo biz metabolik sindromning turli bosqichlari va jarayonlariga ta'sir qiluvchi, normal turmush tarziga qaytishga yordam beruvchi yangi mahsulot - GLUCO Box-ni yaratdik.

GLUCO Box inson organizmida past jismoniy faollik va qondagi ortiqcha yog' va glyukoza fonida shakllanadigan tizimli kasalliklar bilan ishlaydi.

GLUCO Box metabolik sindromga qarshi kurashda qanday yordam beradi?

Metabolik sindromli odam uchun GLUCO Box - bu tizim darajasida metabolizmni qayta boshlash imkoniyati.

Tarkibidagi suli beta-glyukanlari ichak mikroflorasini normallashtiradi, ikkilamchi hazm qilish jarayonida hosil bo'lishi mumkin bo'lgan qo'shimcha glyukozaning qonga kirishiga to'sqinlik qiladi va ortiqcha xolesterolni chiqarib tashlaydi.


Xelatlangan xrom, eleuterokokk, ko'k choy va momordika ekstraktlari bilan birgalikda glyukozani utilizatsiya qilishni faollashtiradi, uning qondagi darajasini pasaytiradi, glyukozaning yog'larga aylanishini va ularning to'planishini qisqartiradi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.


Innovatsion komponentlar - olma mevalari va shumtol po'stlog'ining o'simlik ekstraktlari tarkibidagi nujenidlar va floridzin – ichak va buyraklardagi ortiqcha glyukozaning so'rilishini bloklaydi, shuningdek, hujayraning insulin va glyukozaga sezgirligini oshiradi. Natijada, organizm mushaklarning ishlashi uchun glyukozadan foydalanish qobiliyatini tiklaydi.



Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, GLUCO Box-ni qabul qilish va shu bilan organizmning glyukozadan mushaklarning ishlashi uchun samarali foydalanish qobiliyatini qaytarish orqali biz keyingi bosqich - jismoniy faollikni oshirish va kundalik ratsiondagi yog' va shakar miqdorini kamaytirishga e'tibor qaratishimiz kerak.


Faollikni saqlash va o'zingizni doimo yaxshi his qilish qiyin kechishi mumkin, ammo endi sizning yordamchingiz bor! GLUCO Box majmuasiga yaqin kunlarda hududingizdagi Internet-do'kon va SIBERIAN WELLNESS do'konlarida buyurtma berish mumkin bo'ladi.

Kompaniya yangiliklari
Публикации
Qaydlar arxivi 2023
Qaydlar arxivi 2022
Qaydlar arxivi 2021
Qaydlar arxivi 2020

[}item{]