Kompaniya yangiliklari

3
mart

Siberian Wellness da - HALOL sertifikati

Kompaniyaning ishlab chiqarishi va mahsulotlari endilikda dunyodagi eng talabchan standartlardan biriga muvofiq sertifikatlangan.

Halol mahsulotlar nisbatan yangi, ammo barqaror bo'lib ulgurgan trend bo'lib, bugungi kunda u kiyim-kechakdan tortib, oziq-ovqatgacha bo'lgan tobora ko'proq sohalarni qamrab oladi. Va bu nafaqat diniy kontekst bilan bog'liq. Tobora ko'proq insonlar, o'zlarining e'tiqodidan qat'iy nazar sog'lom turmush tarzini olib boradi, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga amal qiladi va shu ma'noda HALOL eng yuqori sifat va ekologik tozalik belgisidir. Shu sababli, biz Siberian Wellness ishlab chiqarishi, shuningdek, kompaniya assortimentidagi aksariyat mahsulotlar International Halal Certification Center of Russia tomonidan berilgan HALOL sertifikatiga ega bo'lganligini e'lon qilishdan mamnunmiz.

Halol standartlari bo'yicha sertifikatlashtirish mahsulot yoki xom ashyoni tekshirishdan ko'ra kengroq hikoyadir. U mahsulot tug'ilishining butun jarayonini - ishlab chiqarish texnologiyalaridan tortib, tarkibidagi zararli va ta'qiqlangan komponentlarning yo'qligini nazorat qilishgacha bo'lgan davrni qamrab oladi.

Sertifikatlash kompaniyasi mutaxassislari bir necha oy davomida xodimlarni malakasini oshirdilar va ishlab chiqarish siklini, binolarni, jihozlarni, shuningdek, xom ashyo va mahsulotlarning eng qat'iy GCC / GAC standartlari va Islom qonunlariga muvofiqligini sinchkovlik bilan tekshirdilar.

Ishlab chiqaruvchiga berilgan HALOL sertifikati ushbu belgi bilan belgilangan mahsulotlarda islom diniga e'tiqod qiluvchilar uchun ta'qiqlangan tarkibiy qismlar mavjud emasligi va Islomning barcha qonunlariga mos kelishini bildiradi. Qat'iy talablar nafaqat xom ashyo va mahsulotlarga, balki xodimlarga, binolarga, asboblarga, maxsus kiyimlarga, qadoq va yorliqlarga ham qo'llaniladi.

Yangi HALAL talablari bo'yicha sifat belgisi faqatgina Siberian Wellness mahsulotlarining eng qat'iy xalqaro standartlar - ISO, GMP va FDA talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar ro'yxatini kengaytirdi xalos.

Boshqacha qilib aytganda, endi hatto qat'iy me'yor va qoidalarga amal qiladigan odamlar ham HALOL belgisi bilan belgilangan Kompaniya assortimentiga to'liq ishonishlari mumkin, har birimiz esa Siberian Wellness ning wellness-xitlari salomatlik uchun maksimal darajada foydali ekanligining yana bir tasdig'iga ega bo'ldik!

Saytimizda sertifikatning o'zi bilan tanishish va HALAL standartiga mos mahsulotlar ro'yxatini ko'rib chiqish mumkin. Yaqin kelajakda sertifikat mavjudligi haqidagi ma'lumotlar Interner-do'kondagi ushbu mahsulotlarning kartalarida ham paydo bo'ladi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida ishonch bildirilgan sifatni tanlang va salomat bo'ling!

Kompaniya yangiliklari
Публикации
Qaydlar arxivi 2023
Qaydlar arxivi 2022
Qaydlar arxivi 2021
Qaydlar arxivi 2020

[}item{]