Kompaniya yangiliklari

29
fevral

Orolbo'yi tabiatini qayta tiklash: O'zbekiston "100 ga" - 2024 bahor mavsumini ochdi!

"100 ga" loyihasi mahalliy aksiyadan xalqaro miqyosdagi keng ko'lamli o'rmon-iqlim loyihasiga aylandi! Iqlim kun tartibi doirasida Siberian Wellness ko'ngillilarining Orol dengizining qurishi oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan "Orol dengizidagi mening bog'im" loyihasida ishtirok etishi qiziqarli keyslardan biridir.

Loyiha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo'yi xalqaro innovatsion markazi va O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan. 2023-yilda BMTning iqlim o'zgarishi masalalari bo'yicha konferensiyasida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shunday dedi: "Biz Orolbo'yi hududini ekologik inqiroz zonasidan innovatsiyalar, texnologiyalar va yangi imkoniyatlar zonasiga aylantirishni niyat qilganmiz".

Siberian Wellness "100 ga" loyihasi doirasida Orolbo'yi ekotizimini tiklashni qo'llab-quvvatlashdan mamnun va umid qilamizki, bizning hissamiz tufayli mintaqaning tabiati ekologik barqarorlik tomon yaqinlashadi.

So'nggi yillarda qurib qolgan Orol dengizining ikki million gektar tubiga cho'llanishni kamaytirishga yordam beradigan daraxtlar ekilgan. Bunday o'simliklardan biri saksovul bo'lib, u og'ir sharoitlarda omon qolishga va cho'lda hayotni tiklashga yordam beradi. Saksovul ko'chatlari ekilganidan so' ng ikkinchi yilda yer osti qatlamida qumning harakatlanish tezligi 20% ga, besh yildan keyin 80% ga kamayadi, daraxtlarning yetti yoshida esa shamol butunlay bosiladi. Himoya o'rmonzorlari tonnalab tuz, chang va qumni ushlab qolib, havoni tozalashga qodir. To'rt yoshli saksovul ekinlarining bir gektari esa 1158 kilogramm karbonat angidridni o'zlashtiradi va 835 kilogramm kislorod ajratib chiqaradi.

24-fevral kuni "100 ga" bahor mavsumining birinchi ekish jarayoni bo'lib o'tdi - Siberian Wellness Kompaniyasining 70 ta Brend-maslahatchilari va xodimlari, Toshkentdan 20 nafar ko'ngilli, Nukus shahridagi Prezident maktabidan 40 nafardan ortiq bolalar birinchi 500 ta saksovulni ekishdi! Ushbu mavsumda 5000 ta ko'chat ekish rejalashtirilgan – qolgan ko'chatlar Orolbo'yi xalqaro innovatsion markazi xodimlari tomonidan ekiladi.

Aksiya doirasida Brend-maslahatchilar nafaqat daraxtlar ekishadi, balki O'zbekistonda Siberian Wellnessni qo'llab-quvvatlaydigan Tashkent Ploggers loyihasi faollari bilan birga chiqindilarni ham yig'ishadi! Qurib qolgan dengiz tubidan to'plangan plastik qayta ishlashga yuboriladi. Ishtirokchilar tomonidan yig'ilgan qopqoqlardan EcojonLab kompaniyasi qayta ishlash belgisi bilan medallarni ishlab chiqarishi esa, ayniqsa, katta qiziqish uyg'otmoqda. Ushbu medallar ekoloyihada ishtirok etishning ajoyib ramzi bo'lib, har bir ishtirokchi uchun o'z hududini obodonlashtirishga qo'shgan shaxsiy hissalarini eslatib turadi!

2023-yilning bahorida Kompaniya ko'ngillilari Mo'ynoq OXIM ilmiy-ishlab chiqarish uchastkasiga tuz va qurg'oqchilikka chidamli 500 ta manzarali daraxt ko'chatlarini ekishdi, kuzda esa qurib qolgan Orol dengizi tubiga 4000 ta saksovul ko'chatlarini ekishdi. Biz hamkorlikni davom ettirishdan va an'anaviy ravishda "100 ga" loyihasi doirasida Orolbo'yi tabiatini tiklashga hissa qo'shayotganimizdan xursandmiz!

Kompaniya yangiliklari
Публикации
Qaydlar arxivi 2023
Qaydlar arxivi 2022
Qaydlar arxivi 2021
Qaydlar arxivi 2020

[}item{]